Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Superliga. Vodiyda derbi, «Bunyodkor» «Buxoro»ni qabul qiladi (4-tur prevyusi)

Superliga. Vodiyda derbi, «Bunyodkor» «Buxoro»ni qabul qiladi (4-tur prevyusi)

Baho:
+ | -

29-31 mart kunlari Superliga jamoalari navbatdagi 4-tur o‘yinlarini o‘tkazishadi. Turning markaziy bahsi Qo‘qonda o‘tkaziladi. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida Namanganning «Navbahor» klubini qabul qiladi. Yetakchilar safida borayotgan «Bunyodkor» hamda «Buxoro» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham qiziqarli kechishi kutilmoqda.

30 mart
«BUNYODKOR» – «BUXORO»
O‘yin vaqti va translyasiya: «Sport» TV, 18:00.
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50/20/30.

buxoro bunikkk (2)

«Bunyodkor» mavsumni yaxshi boshladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumni durang bilan boshlagan bo‘lishsa-da, keyinchalik «Paxtakor» va «Neftchi»ni kichik hisobda mag‘lub etib, yetakchilar safiga qo‘shilishdi. Bu bahsda jamoaga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan omil shuki, Mirjalol Qosimov terma jamoa ixtiyoridan qaytganidan keyin «Bunyodkor»ni o‘yinga tayyorlashda kam vaqtga ega bo‘ladi. «Buxoro» ham ayni damda yaxshi sport formasida. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari o‘tgan turda «So‘g‘diyona» darvozasiga javobsiz uchta gol yo‘llashgandi.

«NASAF» – «METALLURG»
O‘yin vaqti va translyasiya: «Sport» TV, 20:00.
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 60/20/20.
Qarshiliklar ayni damda to‘plar nisbatiga ko‘ra musobaqa yetakchisi bo‘lib turishibdi. Birinchi turda «Neftchi»ni mag‘lub eta olmagan Berdiyev shogirdlari keyinchalik «Buxoro» va «Qizilqum»ni mag‘lub etishdi. Bu o‘yindan uch kun o‘tib «Nasaf» Chempionlar Ligasi doirasidagi «Persepolis»ga qarshi o‘yinda qatnashadi va bu bekobodliklarga qandaydir qo‘shimcha imkoniyat berishi mumkin. Chunki «Nasaf» xalqaro o‘yin uchun kuch tejashga intiladi. «Metallurg» amaldagi chempiondan ochko olgach, «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi va bu mavsumda maqsadi jiddiy ekani ko‘rsatib qo‘ydi. Hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bekobodliklar Qarshida g‘alaba qozonib, «Nasaf»ni ortda qoldirishi ham mumkin.

31 mart
«QO‘QON-1912» – «NAVBAHOR»
O‘yin vaqti va translyasiya: «Sport» TV, 18:00.
Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 25/40/35.

photo_2017-10-22_16-47-06
Nihoyat 4-turga kelib Qo‘qonda rasman yangi mavsum ochiladi. Agar Qo‘qondagi stadion maysasi yoki projektori bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa (yangi mavsumda bunga o‘rganib qoldik), qo‘qonlik muxlislar o‘z jamoalari ishtirokidag o‘yinga guvoh bo‘lishadi. No‘mon Hasanov shogirdlari chempionatda hozircha 3 ochko to‘plashgan. «Navbahor» esa juda yaxshi holatda. O‘tgan turda «Lokomotiv»ni yenggan Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari bu mavsumda chempionlik uchun kurashishsa ham ajablanmaymiz. Namangan chempionlikni ancha sog‘inib qolgan va muxlislar bu uchun qo‘llaridan kelgancha yordam berishadi. Buni o‘tgan turda ko‘rdik. Namanganlik muxlislar Qo‘qonda ham o‘z futbolchilarini yolg‘izlatib qo‘ymasliklariga ishonish mumkin.

«PAXTAKOR» – «NEFTCHI»
O‘yin vaqti va translyasiya: «Sport» TV, 20:00.
Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 80/10/10.
Bir vaqtlar bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar mavsumning eng muhim uchrashuvlari bo‘lardi. Chempionlik kubogini bu ikki jamoa almashib yutaverishardi. Biroq hozir bunday emas. O‘tgan mavsumda Oliy Ligani tark etgan farg‘onaliklar bir amallab Superligada olib qolindi, lekin hozircha ular birorta gol ham urishgani yo‘q. Dastlabki ikki o‘yinda 0:0 o‘ynagan farg‘onaliklar uchinchi turda «Bunyodkor»ga yengilishdi. «Paxtakor» yetakchilar safida bormayapti, lekin hali chempionat boshi ekanini inobatga olsak, jamoa chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi. Stadionni to‘ldirish uchun har qanday choralar qo‘llayotgan «Paxtakor» o‘tgan turda braziliyalik va portugaliyalik legionerlarining gollari evaziga «AGMK»ni mag‘lub etgandi. Arveladze shogirdlarining chempionatni yuta olishiga ishonmoqda. Bu uchun esa asta-sekin yorqin o‘yin ko‘rsatishni boshlash kerak.

«AGMK» – «LOKOMOTIV»
O‘yin vaqti va translyasiya: «Sport» TV, 18:00.
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukrullayev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 15/10/75.
Bu o‘yin 29 mart kuni o‘tkazilishi kerak edi, lekin «Lokomotiv» futbolchilarining terma jamoa ixitiyoridan kech qaytgani sabab o‘yin 31 martga ko‘chirildi. Bu o‘yinda ham murabbiylar «Metallurg»ga qarshi o‘yindagi kabi ikkinchi tarkibni tushirishmasa kerak. Chunki o‘sha bahsda jamoa kerak bo‘lmagan vaqtda ochko yo‘qotgandi. Biroq asosiy tarkib futbolchilariga dam bermasa ham bo‘lmaydi. Chunki «Lokomotiv» 3 aprel kuni BAAda «Al Vahda»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida qatnashishi kerak. Bu jamoa uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘lishi mumkin, shu sabab murabbiylar aosiy e’tiborni shu bahsga qaratishsa kerak. Bundan esa «AGMK» foydalanib qolishi mumkin. Agar «Paxtakor»ga qarshi bahsda futbolchilarining «Paxtakor»dan qo‘rqqanini aytgan Kumikov ularga katta jamoalardan qo‘rqmaslik yo‘llarini o‘rgatgan bo‘lsa…

O‘tkir JALOLXONOV

Manba: www.erudit-sport.uz
Kiritildi: 20:20, 29.03.2018.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.