3-4 aprel kunlari futbol ommasining nigohi Turin, Sevilya, Barselona va Liverpul shaharlariga qaratiladi - Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan 4ta mega-to‘qnashuvning dastlabki seriyalariga.
Juftliklar barchaga tayin, albatta: «Yuventus» yana «Real»ga qarshi yoxud o‘tgan mavsum finalining takrori, «Sevilya» va «Bavariya»ning ilk tanishuvi, «Roma» uchun qudratli «Barselona» imtihoni, Xosep Gvardiola («Manchester Siti») - Yurgen Klopp («Liverpul») jangining xalqaro ko‘rinishi...
Ha, bu o‘yinlarga yana bir hafta bor, demak, bugun soccer.ruma’lumotlari asosida kuchli 8ta jamoaning chorak finalgacha bo‘lgan yo‘liga birrov nazar solamiz.
Shu asnoda ularning Kiyev finaliga qanchalik yaqin ekanligini ozgina mushohada qilib turamiz...
«REAL» (Madrid, Ispaniya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 6ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 22-9
Bosh to‘purar: Krishtianu Ronaldu - 12ta gol
Bosh assistent: Garet Beyl - 2ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Keyrol Navas - Nacho, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo - Kazemiro, Luka Modrich, Toni Kroos - Isko, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Real» - PSJ - 3:1; 2:1 (umumiy - 5:2)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 34ta urinish, 26ta muvaffaqiyatli (76 foiz), 8ta muvaffaqiyatsiz (24 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2016|2017, «Real» - «Bavariya» - 2:1; 4:2 (umumiy - 6:3)
-------------------------------------------------------
«LIVERPUL» (Liverpul, Angliya)
Joriy mavsumda: 10ta o‘yin, 6ta g‘alaba, 4ta durang
Gollar nisbati: 34-9
Bosh to‘purar: Roberto Firmino - 7ta gol
Bosh assistent: Jeyms Milner - 7ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Loris Karius - Trent Arnold|Jozef Gomes, Deyan Lovren, Joel Matip, Alberto Moreno - Emre Jan, Jorjinyo Veynaldum, Jordan Xendersen|Jeyms Milner - Sadio Mane, Muhammad Saloh, Roberto Firminyo (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Portu» - «Liverpul» - 0:5; 0:0 (umumiy - 0:5).
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 13ta urinish, 9ta muvaffaqiyatli (69 foiz), 4ta muvaffaqiyatsiz (31 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2008|2009, «Liverpul» - «Chelsi» - 1:3; 4:4 (umumiy - 5:7)
-------------------------------------------------------
«YUVENTUS» (Turin, Italiya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 3ta durang, 1ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 12-5
Bosh to‘purar: Gonsalo Iguain - 5ta gol
Bosh assistentlar: 7 nafar futbolchi - 1tadan samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Janluiji Buffon - Andrea Barsali, Mehdi Benatia, Jorjo Kyellini, Aleks Sandro - Miralem Pyanich, Sami Xedira|Blez Matyuidi - Xuan Kuadrado, Duglas Kosta, Paolo Dibala - Gonsalo Iguain (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Yuventus» - «Tottenxem» - 2:2; 2:1 (umumiy - 4:3)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 17ta urinish, 12ta muvaffaqiyatli (71 foiz), 5ta muvaffaqiyatsiz (29 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2016|2017, «Yuventus» - «Barselona» - 3:0; 0:0 (umumiy - 3:0)
-------------------------------------------------------
«MANCHESTER SITI» (Manchester, Angliya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 6ta g‘alaba, 2ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 19-7
Bosh to‘purarlar: Rahim Sterling, Serxio Aguero - 4tadan gol
Bosh assistent: Kevin de Bryuyne - 4ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Morayes Ederson - Kayl Uoker, Niklas Otamendi, Jon Stounz, Luis Danilo|Fabian Delf - Fernandinyo, Ilkay Gyundogan, Kevin de Bryuyne - Rahim Sterling, Gabriel Jezus|Leroy Sane, Serxio Aguero (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Bazel» - «Manchester Siti» - 0:4; 2:1 (umumiy - 2:5)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 1ta urinish, 1ta muvaffaqiyatli (100 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2015|2016, «Manchester Siti» - PSJ - 2:2; 1:0 (umumiy - 3:2)
-------------------------------------------------------
«SEVILYA» (Sevilya, Ispaniya)
Joriy mavsumda: 10ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 5ta durang, 1ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 18-16
Bosh to‘purar: Vissam Ben Yedder - 7ta gol
Bosh assistent: Xoakin Korrea - 3ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Serxio Riko - Gabriel Merkado, Kleman Lengle, Simon Kyayer, Serxio Eskudero - Stiven N~Zonzi, Gvido Pisarro - Ever Banega, Pablo Sarabiya, Xoakin Korrea - Vissam Ben Yedder (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Sevilya» - «Manchester Yunayted» - 0:0; 2:1 (umumiy - 2:1)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 1ta urinish, 1ta muvaffaqiyatsiz (100 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-1957|1958, «Sevilya» - «Real» - 0:8; 2:2 (umumiy - 2:10)
-------------------------------------------------------
«ROMA» (Rim, Italiya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 2ta durang, 2ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 11-8
Bosh to‘purar: Edin Jeko - 4ta gol
Bosh assistent: Edin Jeko - 3ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Beker Alisson - Bruno Peres|Ales-sandro Florensi, Kostas Manolas, Federiko Fasio, Aleksander Kolarov - Daniele de Rossi, Kevin Strotman, Raja Nainggolan - Diyego Perotti, Stefan al Shaaravi|Jengiz Under, Edin Jeko (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Shaxtyor» - «Roma» - 2:1; 0:1 (umumiy - 2:2)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 3ta urinish, 1ta muvaffaqiyatli (33 foiz), 2ta muvaffaqiyatsiz (67 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2007|2008, «Roma» - «Manchester Yunayted» - 0:2; 0:1 (umumiy - 0:3)
-------------------------------------------------------
«BAVARIYA» (Myunxen, Germaniya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 7ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat
Gollar nisbati: 21-7
Bosh to‘purar: Robert Levandovski - 5ta gol
Bosh assistentlar: Kingsli Koman, David Alaba, Joshua Kimmix - 3tadan samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Sven Ulrayx - Joshua Kimmix, Niklas Zyule|Jerom Boateng, Mats Xummels, David Alaba - Xavi Martines, Arturo Vidal, Tyago Alkantara|Xames Rodriges - Aryen Robben, King-sli Koman|Tomas Myuller, Robert Levandovski (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Bavariya» - «Beshiktosh» - 5:0; 3:1 (umumiy - 8:1)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 28ta urinish, 18ta muvaffaqiyatli (64 foiz), 10ta muvaffaqiyatsiz (36 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2016|2017, «Bavariya» - «Real» - 1:2; 2:4 (umumiy - 3:6)
-------------------------------------------------------
«BARSELONA» (Barselona, Ispaniya)
Joriy mavsumda: 8ta o‘yin, 5ta g‘alaba, 3ta durang
Gollar nisbati: 13-2
Bosh to‘purar: Lionel Messi - 5ta gol
Bosh assistent: Luis Suares - 3ta samarali uzatma
Boshlang‘ich tarkib: Andre ter Shtegen - Nelson Semedu|Serxi Roberto, Jerar Pike, Samuel Yumtiti, Xordi Alba - Serxio Buskets, Paulinyo, Ivan Rakitich, Andres Inyesta - Lionel Messi, Luis Suares (tarkib tuzishda futbolchilarning joriy mavsumdagi o‘yinlari soni hisobga olingan)
1|8 finalda: «Chelsi» - «Barselona» - 1:1; 0:3 (umumiy - 1:4)
CHK|CHL 1|4 finalidagi statistikasi: 19ta urinish, 14ta muvaffaqiyatli (74 foiz), 5ta muvaffaqiyatsiz (26 foiz)
Oxirgi 1|4 final: mavsum-2016|2017, «Barselona» - «Yuventus» - 0:3; 0:0 (umumiy - 0:3)
CHL JUFTLIKLARI HAQIDA 12ta FAKT
«Yuventus» — «Real»
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.