Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ertaga Qo‘qonda yangi mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Ertaga Qo‘qonda yangi mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Mana bir necha kundirki, o‘zbek futboli vatani bo‘lmish Qo‘qonda futbol bayrami hukmronlik qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan o‘zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o‘zbek futbolining tamal toshi qo‘yilgan Qo‘qon shahrida yangi stadion barpo etish to‘g‘risidagi qarorlari qo‘qonlik minglab futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. Ular buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etishdan charchashmayapti. 

Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingoh bugungi kunga kelib barchaning havasini keltiruvchi darajada ta’mirlandi. Yangi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi ham zamonaviy ko‘rinishga ega stadionda to‘p suradi. 

Qo‘qonlik futbol muxlislari yangi mavsum ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat ular orziqib kutgan kunlar yaqin.

Ertaga “Markaziy” stadionda 2018 yilgi mavsumning ochilish marosimi tashkil etiladi. Marosimda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi. 

Ayni damda ochilish marosimini yuqori darajada o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ertaga “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tadigan tadbir o‘ziga xosligi bilan ajaralib turadi hamda muxlislar uchun unutilmas onlarni taqdim etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Bu uchrashuvni bayramona tarzda o‘tkazish uchun stadionda juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O‘zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo‘lgani tug‘risidagi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga ko‘rsatib beriladi.

Bundan tashqari, estradamiz yulduzlari o‘z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand etishga bel bog‘lashgan. Muxlislarimiz uchun teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etiladi.

Ertaga katta futbolni sog‘ingan muxlislar uchun haqiqiy bayrami bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi ta’mirdan chiqarilgan "Markaziy" stadionda, muxlislar uchun juda katta bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:32, 30.03.2018.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.