Superliganing 4-turida “Qizilqum” futbolchilari mavsumdagi ilk g‘alabani rasmiylashtirishdi.
Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi bellashuvda Hamidjon Aktamov shogirdlari ishonchli g‘alabaga erishishdi-3:1.
Bu bilan “Qizilqum” yetti yil ichida ilk marta Jizzaxda “So‘g‘diyona”ni taslim etishdi. Bungacha 2011 yilgi mavsumda navoiyliklar mezbonlar ustidan (2:0) g‘olib chiqishgandi.
"Qizilqum" Matbuot xizmati.