Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

La liga. «Barselona» mag‘lubiyatga juda yaqin edi...

La liga. «Barselona» mag‘lubiyatga juda yaqin edi...

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida dastlabki mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozishga juda yaqin turgandi. Ammo Valverde so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urib, "Sevilya" maydonida 1 ochkoni olib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Montella shogirdlari juda yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Ular uchrashuvni Messisiz boshlagan "Barselona" ustidan g‘alaba qozonishga haqli edilar. O‘yinning 36-daqiqasida mehmonlar o‘z darvozalari yaqinida Franko Vaskesni bo‘sh qoldirishdi. Natijada qanotdan yetkazilgan uzatmani futbolchi darvozaga burib qo‘ydi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida andalusiyaliklar hisobdagi farqni oshirishdi. Serxio Eskudero tomonidan berilgan kuchli zarbani Mark-Andre ter Shtegen qaytardi. To‘pni Muriel egalladi va darvoza burchagiga aniq zarba berdi. Kichik rekoshet yordamida uning zarbasi golga aylandi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "Sevilya" uchinchi golni urishi mumkin edi, ammo Xesus Navas yakkama-yakka vaziyatda ter Shtegenni dog‘da qoldira olmadi.

Shundan keyin to‘la ustunlik "Barsa" tomoniga o‘tdi. Albaning uzatmasidan keyin Luis Suares o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Denis Suaresning uzatmasiga Rakitich bosh bilan zarba berdi. To‘p yana ustunga tegdi.

Bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Alkaser bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi va Luis Suares esa darvozani zabt etdi. Oradan 1 daqiqa o‘tib Koutinyo chap qanotdan bergan pasini zaxiradan tushgan Messi darvozaga joylab qo‘ydi — 2:2.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Sevilya – Barselona 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 36 Vaskes, 2:0 – 50 Muriel, 2:1 – 88 Suares, 2:2 – 89 Messi.
Sevilya – Riko, Kyer, Eskudero, Merkado (Layyun, 46), Langle, Nzonzi, Banega, Vaskes, Navas (Nolito, 81), Korrea (Pisarro, 72), Muriel.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Inyesta (Pako Alkaser, 81), Rakitich, Koutinyo, Paulinyo (Denis Suares, 77), Dembele (Messi, 58), Suares.
Ogohlantirishlar: Merkado (34), Riko (44).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:33, 01.04.2018.
O'qildi: 15090 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик