Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

A seriya. «Milan» «Yuventus»ga dosh bera olmadi

A seriya. «Milan» «Yuventus»ga dosh bera olmadi

Baho:
+ | -

Turindagi «Yuventus Stedium» o‘yingohida Italiya A seriyasining 30-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Yuventus" o‘z uyida "Milan"ni qabul qildi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Turinlilkar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bahsning 8-daqiqasida Dibala tomonidan olis masofadan yo‘llangan zarbani Donnarumma qaytara olmadi. Milanliklar birinchi bo‘limning o‘zida muvozanatni tiklashdi. Burchakdan yetkazib berilgan uzatmani "Yuventus"ning sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi bosh bilan "keksa sinyora" darvozasiga joylab qo‘ydi.

Gattuzo shogirdlari qolgan daqiqalarda raqibga yaxshi qarshilik ko‘rsatishdi, ayrim pallalarda hujumni yakunlashda ularga biroz aniqlik yetishmadi. Ammo uchrashuv so‘ngida "Yuve" bosimni oshirdi va g‘alabani ilib ketdi. Dastlab zaxiradan tushgan Kuadrado bosh bilan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, keyinchalik Xedira aniq zarba bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi — 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin "Yuventus" ta’qibchi — "Napoli"dan 4 ochkoga ilgarilab ketdi.

Italiya A seriyasi, 30-tur
Yuventus – Milan 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 8 Dibala, 1:1 – 28 Bonuchchi, 2:1 – 79 Kuadrado, 3:1 – 87 Xedira.
Yuventus – Buffon, Benatiya, Kyellini, Bardzali, Lixtshtayner (Duglas Kosta, 46), Matyuidi (Kuadrado, 61), Asamoa, Xedira, Pyanich (Bentankur, 75), Iguain, Dibala.
Milan – Donnarumma, Romanyoli, Rodriges, Bonuchchi, Kalabriya, Kessie, Bigliya (Montolivo, 76), Chalxanoglu (Kutrone, 80), Bonaventura, Suso, Andre Silva (Kalinich, 65).
Ogohlantirishlar: Benatiya (38), Rodriges (39), Bigliya (52), Montolivo (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:50, 01.04.2018.
O'qildi: 5382 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик