Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar muxlis keldi

Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar muxlis keldi

Baho:
+ | -

Superliga bahslarining 4-turi nihoyasiga yetdi. Mazkur turda tomoshabinni jalb etish bo‘yicha poytaxt stadinlari yetakchi bo‘lishdi. “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni 15421 nafar ishqiboz bevosita stadionning o‘zida tomosha qilgan bo‘lsa, “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga 15100 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. 

Poytaxt stadionlari uchun bu kabi ko‘rsatkich anchadan buyon qayd etilmayotgan edi. Shu nuqtai nazardan ham poytaxt jamoalari o‘yinlariga qiziqish turma-tur oshib borayottganligini e’tirof etish lozim.

Umumiy hisobda esa Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati tomonidan futbolni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar Superliga bahslarining shiddatli o‘tishi bilan birgalikda muxlislarning stadionga qaytarishga ham xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga stadionlarga muxlislarni yanada ko‘proq jalb qilish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Stadionlarda muxlislarga yana qanday qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilishi zarur? O‘z taklif va fikr-mulohazalaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda bildirib o‘tishingiz mumkin.

Muxlislarning barcha takliflari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi rahbariyatiga taqdim qilinadi va alohida ko‘rib chiqilib, shu asosida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Futbol muxlislar uchun, stadionlarga tashrif buyuring va o‘z sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:22, 02.04.2018.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.