Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Pogba: «Maydonga kam tushayotganim sababini Mourinyodan so‘rang»

Pogba: «Maydonga kam tushayotganim sababini Mourinyodan so‘rang»

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo kuni-kecha jurnalistlarga Pol Pogbadan nega kam maydonga tushayotgani haqida so‘rashlari mumkinligini aytdi. Jurnalistlar kutilganidek Pogbadan ushbu savolga javob olishdi.

“To‘g‘ri, avval meni hech kim zaxiraga mixlab qo‘ya olmagandi. Balki bu bilan yanada ham kuchayarman. Kuchli bo‘lish uchun qiyin vaqtlarni boshdan o‘tkazishga ham majbur bo‘lasan.

Mourinyo bilan oramizda hech qanday muammo yo‘q. Tarkibni men tanlamayman. Agar nima uchun maydonga kam tushayotganim haqida bilishni istasangiz, ana borib, murabbiydan so‘rang. Jozening qarorlarini hurmat qilishga majburman”, - dedi Pogba.

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 13:15, 02.04.2018.
O'qildi: 3065 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик