Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Messi Argentinani qutqara oladimi?

Messi Argentinani qutqara oladimi?

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Messi o‘zining nimalarga qodir ekanligini Rossiyada isbotlashga harakat qiladi. Ammo bizningcha, «o‘zga sayyoralik» hamda Argentina jamoasida imkoniyatlari yuqori emas.

FIFA kunlari doirasidagi eng shov-shuvli voqea bu, albatta, Argentina terma jamoasining Ispaniyaga katta hisobda mag‘lub bo‘lishidir. Bu terma jamoalar bir-biri bilan ko‘p uchrashishgan. Goh u, goh bu jamoa g‘alabaga erishadi. Ammo bunday yirik hisobni ispanlarning o‘zlari ham kutishmagani aniq.

Bundan fojea yasash kerakmi yoki yo‘q?

Argentina terma jamoasi juda ham kuchli tarkibga ega bo‘lib ulgurdi. Ular Jahon Chempionati favoritlari deb ta’riflanayotgan edi. Ayniqsa, Messi bu oltin medal uchun eng so‘nggi imkoniyat ekanligini bot-bot aytayotgan bir paytda termaning sharmandali o‘yini mutaxassislar va jurnalistlar o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Bungacha Argentina jamoasi 5 to‘p farqi bilan 4 bor mag‘lub bo‘lgan. 1958 yilda Chexoslavakiya 6:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, bir yil o‘tib Urugvay 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. 1993-yil Argentina Kolumbiyadan alamli mag‘lubiyatni qabul qilgan bo‘lsa, Boliviya 2009-yilda shu natijani takrorlagan. Argentina termasi bu mag‘lubiyatda ikki vaj keltirishishi mumkin. Ular bu o‘yin shunchaki o‘rtoqlik o‘yini hamda Messining o‘ynamaganini o‘z mag‘lubiyatlarini yashirishda qurol vazifasida foydalanisha oladi. 

Messi uning yelkasida juda og‘ir yuk turganini, usiz Argentinadek jamoa o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolishiga yana bir bor amin bo‘ldi. Diyego Kosta Messini kamroq tanqid qilish kerakligini, uning jamoasi «Barselona» hujumchisisiz juda kuchsiz ekanligini aytib o‘tdi. Messi o‘yinni oxirigacha ko‘ra olmay maydonni tark etdi.

Argentinaning bu JCHda chempion bo‘lishi - afsonadek. Mutaxassislar bu mag‘lubiyatda Sampaolining o‘ta bosiq va haddan ziyod o‘ziga ishongani bilan izohlashmoqda.

Sampaolining so‘zlari shuni aytmoqdaki, u Messiga ishonadi va uning nazarida Messi maydonda harakat qilsa, barcha muammolar yechimini topib ketadi. Jamoa bemalol g‘oliblik uchun kurasha oladi. Hozirgi Argentina-Messi jamoasi ekanligini yashirmoqchi emas.

Nahotki, butun terma bir o‘yinchiga bog‘liq bo‘lsa?

Albatta, bunday mas’uliyat terma jamoa «lider»i uchun kuch beradi. O‘ziga ishonchini oshiradi. Bizni boshqa jihat o‘ylantirmoqda. Argentina termasi bir futbolchiga qaram jamoami? Agar gap Misr yoki Janubiy Koreya termasi, Eron va Afrikaning qolgan jamoalari haqida ketganida, tushunsak bo‘lar edi. Qolaversa, Argentinada Messidan boshqa futbolchilar ham dunyo tan olgan futbolchilardan hisoblanadi,

Menimcha Argentinaning hozirgi holatida murabbiy aybni o‘z bo‘yniga olsa bo‘ladi. Birinchidan Ikardining jamoaga jalb etilmagani, Dibala uchun maydondagi vazifa noto‘g‘ri berilayotganini aytib o‘tishimiz lozim. Sampaoli terma jamoa uchun kerakli jihatlarni ko‘ra olmayapdi. Tarkib va taktika tanlashda katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Aynan terma jamoa murabbiylari sababli, Argentinadek jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayapdi. Messi superyulduz bo‘lsin, jahonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgani bilan, u 11 kishi uchun o‘ynay olmasligini Sampaoli va barcha murabbiylar tushunib yetish vaqti yetmadimi? O‘zingiz o‘ylang, kecha Messi bo‘lganida hisob 7:6 bo‘larmidi? Yo‘q!

To‘g‘ri u maydonning barcha qismida harakat qiladi. Himoyaga qaytadi, hujumni boshlab beradi, yakuniga yetkazadi. Faqat darvozabonning vazifasini bajarmaydi. Xo‘p, shuncha vazifa bajarsin. Messining terma jamoadagi o‘rnini Sampaoli qayerda tasavvur qilmoqda. U maydonning markazida hujum tashkillashtirsa, hujumni kim yakunlaydi. Qanotdan hujumga o‘tsa, to‘pni kim yetkazib beradi. Himoyadan to‘pni olib chiqsa, kimga oshiradi? Jarohat olib o‘yinni tark etsa, o‘yin o‘sha yerda tugatiladimi? 

Davomi Futbol olami blogida

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:40, 02.04.2018.
O'qildi: 8750 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.