Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

«Andijon»: «Mash’al»ga qarshi tayyorgarlik avjida

«Andijon»: «Mash’al»ga qarshi tayyorgarlik avjida

Baho:
+ | -

Yangi formatda tashkil etilayotgan Pro-liganing dastlabki tur uchrashuvlariga  6 aprel kuni start berilishidan xabaringiz bor. Shu kuni «Andijon» jamoasi o‘z maydonida «Mash’al» klubini qabul qiladi.

Pro-liganing 1-tur juftliklari orasida aynan «Andijon» hamda «Mash’al» jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik turning markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilmoqda. Boisi ikkala klub ham Pro-liganing favoritlari hisoblanadilar va shunga mos ravishda Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun ham asosiy da’vogarlar ekanligi hech kimga sir emas.

Muxlislar mazkur o‘yinni intiqlik bilan kutishmoqda. Shunga yarasha muhim bellashuv oldidan «Andijon» jamoasi ham «Mash’al»ga qarshi astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa a’zolari butun mavsum uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishdi va endilikda 1-tur o‘yini uchun alohida shug‘ullanilmoqda.

Bosh murabbiy Eldor Sakayev «Mash’al»ga qarshi o‘yin uchun alohida taktik uslublarni qo‘llashi kutilmoqda. gi bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda ham futbolchilar «Mash’al»ga qarshi o‘yin uchun maxsus taktik uslublar ustida ishladilar. Ko‘rinib turibdiki, «Andijon» klubi ustozining ushbu o‘yin uchun alohida o‘ylab qo‘ygan rejasi bor. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, futbolchilar mashg‘ulotlarda katta ishtiyoq bilan shug‘ullanmoqdalar. Har biri faqat g‘alaba haqida o‘ylamoqda va kayfiyat ham shunga yarasha yuqori darajada.

Eslatib o‘tamiz, «Andijon» - «Mash’al» o‘rtasidagi o‘yin 6 aprel kuni «Sog‘lom avlod» stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:55, 03.04.2018.
O'qildi: 2213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.