Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

YECHL. «Barselona» - «Roma» uchrashuv prevyusi

YECHL. «Barselona» - «Roma» uchrashuv prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari davom ettiriladi.

Chorshanba kuni ham muxlislarni bir biridan qiziqarli o‘yinlar kutmoqda. Ular orasida "Barselona" klubi o‘z maydoni Italiyaning "Roma"sini mehmon qiladi.

www.uzreport.news sayti mazkur o‘yin oldidan qisqacha prevyuni e’tiboringizga havola etadi.

4 aprel 2018 yil. Soat 23:45da. Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou" stadioni.

UYEFA Chempionlar ligasi. 1/4 final bosqichi. Dastlabki o‘yin.

"Barselona" - "Roma"

Qaysi telekanalda tomosha qilish mumkin: "UZREPORT TV"

Diskvalifikasiyalar: yo‘q

Jarohatlanganlar: Din ("Barselona") - "Karsdorp, Under ("Roma")

Taxminiy takrib:

"Barselona": ter Shtegen, Alba, Umtiti, Pike, Roberto, Inyesta, Rakitich, Paulinyo, Dembele, Messi, Suares.

"Roma": Allison, Kolarov, Fasio, Manolas, Florensi, Naynggolan, De Rossi, Strootman, Perotti, El-SHaaravi, Djeko

O‘tgan oy Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Chelsi"ni mag‘lubiyatga uchratgan "Barselona" ketma-ket 11 marotaba turnirning chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Bu musobaqa tarihidagi mutlaq rekord hisoblanadi. Shu sababli ham ko‘pchilik hech ikkilanmasdan bu o‘yindan kataloniyaliklarni favorit sifatida qayd etishmoqda. O‘yindan oldingi deyarli har bir statistika va faktlar bo‘lajak o‘yinda "Barselona"ni yarim finalga o‘tish uchun asosiy nomzodga aylantirmoqda. Dastavval, guruh bosqichini esga olsak, Ernesto Valverde shogirdlari o‘z guruhlarida ("Yuventus", "Sporting", "Olimpiakos") birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lishmadi va bor yo‘g‘i bir bor o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. 1/8 finalda esa yuqorida aytilganidek, "Chelsi" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 4:1 hisobida taslim etildi.

"Roma" ham o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Qayd etish kerak, rimliklar joy olgan guruh nisbatan kuchliroq edi ("Atletiko", "Chelsi", "Karabax"). Biroq o‘tgan bosqichda esa "Roma" Ukrainaning "Shaxter" klubiga qarshi bahsda ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Safarda urilgan gol Di Franchesko shogirdlariga as qotdi. Aks holda "Roma" o‘rnida bu bosqichda "Shaxter" bo‘lishi ham mumkin edi. Ustiga ustak bo‘lajak bahsga italiyaliklar bir qator yo‘qotishlar bilan tashrif buyurishmoqda. Ukrainada urilgan muhim gol muallifi Djengiz Under bo‘lajak bahsda qatnashishi so‘roq ostida. Shuningdek, jamoaning yana bir nechta futbolchilarida ham kichik jarohatlar borligi aytilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, "Roma" raqibiga nisbatan optimal holatda deb bo‘lmaydi.

Ustiga ustak, "Barselona" yozda Ispaniya Superkubogidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bu mavsum faqat bittagina o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "Espanyol" maydonida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng esa Valverde shogirdlari bu uchun javob qaytarishdi. YECHLdagi o‘yinlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Barslona" 2013-yildan beri "Kamp Nou"da mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda (23ta g‘alaba va 2ta durang).

"Barselona" Ispaniya chempionatidagi so‘ngi o‘yinida mag‘lub bo‘lishiga bir bahiya qoldi. Lekin so‘ngi daqiqalarda urilgan gollar evaziga "Sevilya" maydonidan ham ochko bilan qaytishni uddaladi. Messi va Suares kataloniyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolishdi va klubni chempionlik sari yanada yaqinlashtirishdi. "Roma" esa A seriyadagi ohirgi o‘yinida "Bolonya" bilan durangga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi. Aslida rimliklar 30-turda mag‘lub bo‘lishlari ham mumkin edi. Biroq "Roma" to‘purari Edin Djeko klubni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Di Franchesko mazkur o‘yinda ayrim yetakchilariga dam berishga qaror qildi.

O‘zaro o‘yinlar: 4ta

"Barselona" - 1ta g‘alaba

"Roma" - 1ta g‘alaba

Durang - 2ta

To‘plar nisbati: 8:6

24.11.2015. YECHL. Guruh bosqichi - "Barselona" - "Roma" 6:1

16.09.2015 YECHL. Guruh bosqichi - "Roma" - "Barselona" 1:1

26.02.2002. YECHL. Guruh bosqichi - "Roma" - "Barselona" 3:0

20.02.2002. YECHL. Guruh bosqichi - "Barselona" - "Roma" 1:1

 

O‘yin oldi murabbiylar fikri:

Ernesto Valverde: ("Barselona" bosh murabbiyi) 

Fakt shuki, biz aprel oyida o‘zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun imkoniyatga egamiz. Bu mening qo‘l ostimdagi futbolchilarning qanchalik iste’dodligidan dalolat. Messi ? U futbol tarixidagi takrorlanmas futbolchi. Men bo‘lajak baxsda, "Kamp Nou"ga ko‘plab muxlislar kelishini va xuddi "Chelsi"ga qarshi o‘yindagi singari bizni qo‘llab-quvvatlab turishlarini kutib qolaman.

Eusebio Di Franchesko ("Roma" bosh murabbiyi) 

"Barselona"ga bo‘lajak o‘yinda hech qanday yordam kerak emas. Bizga bu o‘yinda jamoaviy o‘yin ko‘rsatsak nimagadir erishishimiz mumkin. Bugun siz "Roma" nimalarga qodir ekanini ko‘rasiz. Menga Inyestaning o‘yinlarini kuzatish yoqadi. Uning texnikasi yuqori va u ajoyib ijodkor. U "Barselona" tarixida katta ahamiyatga ega futbolchi. Lekin uni Franchesko Totti bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ular mutlaqo ikki hil futbolchi.

 

Qiziqarli faktlar:

"Barselona"

- Kataloniyaliklar YECHLning 1/4 finalida jami 19 marotaba qatnashishgan va unda 14tasida g‘alaba qozonib, 5 bor mag‘lub bo‘lishgan.

- "Barselona" Italiya klublariga qarshi ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan o‘yinlardan 8tasida keyingi bosqichga o‘tgan va 4tasida yengilgan.

- "Barsa"ning italiyaliklarga qarshi uy uchrashuvlaridagi statistikasi: 15 g‘alaba, 6 durang, 2 mag‘lubiyat.

- "Barselona" 2002/03 yildan beri ("Barselona" - "Yuventus" 1:2) Italiya klublariga mag‘lub bo‘lmayapdi. Bu orada "ko‘k-anorranglilar" italiyaliklarga qarshi 12ta o‘yin o‘tkazishga ulgurishdi.

"Roma"

- Rimliklar YECHLning 1/4 finalida bir bor g‘alaba qozonib, 3 marta mag‘lub bo‘lishgan.

- "Roma"ning Ispaniyada o‘tkazgan o‘yinlaridagi statistika: 4ta g‘alaba, 3 durang, 8 mag‘lubiyat.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 16:35, 04.04.2018.
O'qildi: 4275 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.