Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Omon G‘ofurov Ispaniyada La liga bosh direktori bilan memorandum imzoladi

Omon G‘ofurov Ispaniyada La liga bosh direktori bilan memorandum imzoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashgani haqida avval xabar qilgandik.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashgani haqida avval xabar qilgandik. Uchrashuv davomida “Real Madrid” akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekistonda “Qirollik klubi” akademiyasini ochish bo‘yicha ish tartibi kelishib olingani haqida avval berib o‘tgandik.

Kecha Omon G‘ofurov Madridda La Liga qarorgohida bo‘lib, tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ispaniya chempionati musobaqalarini o‘tkazish, translyasiya masalalari, marketing yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mana shu masalalarga bag‘ishlangan 8 soatlik taqdimot marosimi PFL bosh direktori Omon G‘ofurovga namoyish qilindi.


Shundan so‘ng Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Uchrashuv oxirida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, transyalsiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 09:58, 05.04.2018.
O'qildi: 3665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.