Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu: «Lokomotiv» – «Qo‘qon-1912»

Prevyu: «Lokomotiv» – «Qo‘qon-1912»

Baho:
+ | -

7 aprel kuni mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv”  o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qiladi.

Turning qiziqarli o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan mazkur bahs oldidan ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Yettinchi to‘qnashuv

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 6 marta to‘qnash kelishgan.

“Lokomotiv” o‘yinlarning 4 tasida zafar quchgan, 2 ta bahsda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 14-4, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 14 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 2 tani tashkil etadi.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

25.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 3:0

17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1

14.10.2016 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 4:0

30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3

16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2

24.05.2015 “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” 1:0

375-uchrashuv arafasida

«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 375 -o‘yinini o‘tkazish arafasida. 13-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 374 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shularning 136 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 50 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 188 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 506 – 703. Umumiy ochkolar 458 tani tashkil etadi.

Superliga 5-tur doirasidagi “Lokomotiv” bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning O‘zbekiston chempionatidagi 375-o‘yini sifatida tarixda qoladi.

Hakamlar

7 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvini Valentin Kovalenko boshchiligildagi hakamlar boshqarib borishlari oydinlashdi.

Ushbu hakam o‘tgan mavsumda  jamoamizning uchta o‘yinini boshqargandi. Ularning ikkitasida jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta bahsda durang natija qayd etilgan.

Superliga, 5-tur.

“Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912”                

Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Po‘latov (Toshkent), A. Xudoyberganov (Toshkent).

Nazoratchi – A. Popov (Toshkent).

Komissar – B. Mametov.

Boshlanish vaqti

Mazkur uchrashuv shanba kuni “Lokomotiv” stadionida 18:00da start oladi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 13:27, 05.04.2018.
O'qildi: 5271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик