Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Messi maydonda deyarli yugurmaydi, buning isboti bor!

Messi maydonda deyarli yugurmaydi, buning isboti bor!

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 2017-2018 yilgi mavsumida hujumchilar orasida eng kam yugurgani Lionel Messi hisoblanadi. Shveysariyaning “Neue Zürcher Zeitung” nashri xabariga qaraganda, argentinalik futbolchi bir daqiqada 89,9 metr masofani bosib o‘tadi. Hisoblab ko‘rilsa, oddiy odam 5 km/s tezlikda yugurganida daqiqasiga 83,3 metr masofani bosib o‘tarkan. Demakki, bu Messining ko‘rsatkichi bilan deyarli bir xil.

• Krishtianu Ronaldu YECHLning ushbu mavsumida bir daqiqada o‘rtacha 101,9 metr masofani zabt etmoqda. Krishtianu samaradorlik borasida yetakchi, uning gol urishi yoki golli uzatmani amalga oshirishi uchun 5644 metr yugurishi kifoya qilgan, bu borada Koutinyo ikkinchi (6196 metr), Messi esa uchinchi o‘rinda (6773 metr).

• Stadionda faqat bitta futbolchi Lionel Messidan kam yuguradi. U “Manchester Yunayted” himoyachisi Erik Bayi bo‘lib, Bayi bir daqiqala 88,2 metr masofani bosib o‘tadi (darvozabonlar bundan mustasno).

• Chempionlar ligasida bir daqiqada eng ko‘p masofani zabt etish borasida uchta futbolchi yetakchi hisoblanadi. Bular: Bruno Kosta («Portu») — 143,7 m, Adam Lallana («Liverpul») — 142,6 m vaMahmud Daud («Borussiya» D) — 141,7 m. Kuchli to‘qqizlikdan, shuningdek, quyidagi futbolchilar ham joy olgan —Jeyms Milner («Liverpul») — 139,6, Koke («Atletiko») — 138,5 va Kristian Eriksen («Tottenxem») — 137,4.

• Messining yugurmasligi yangilik emas.2014 yilgi jahon chempionatida FIFA rasmiy statistikani chop etgan, unda Messi maydonda yugurish borasida 30-o‘rinni egallagandi. Biroq aynan uning sa’y-harakatlari bilan Argentina termasi finalgacha yetib borgan. Messi o‘sha mundialning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘p yugurmasligi Messining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:40, 06.04.2018.
O'qildi: 16529 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.