Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

9 aprel kuni PFL titul homiysi “Pepsi” kompaniyasi vakillari bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

9 aprel kuni PFL titul homiysi “Pepsi” kompaniyasi vakillari bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 4 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov “Pepsi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, jahonga mashhur kompaniya bilan O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi o‘rtasida shartnoma imzolangandi.

Shartnomaga ko‘ra o‘zbek futboli tarixida birinchi marta O‘zbekiston Superligasi o‘zining titul homiysiga ega bo‘ldi. Endilikda futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz “PEPSI O‘zbekiston Superligasi” deb nomlanadi.

Shu yilning 9 aprel kuni soat 15:00da “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida “Pepsi”kompaniyasining yurtimizdagi vakillari va O‘zbekiston Professional futbol ligasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.

Anjumanda PepsiCokompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili "International Beverages Tashkent" MCHJ QK direktori Muzaffar Salijanov va Marketing bo‘limi boshlig‘i Alisher Samadov hamda PFL bosh direktori Omon G‘ofurov qatnashishadi. 

Matbuot anjumaniga yurtimizdagi barcha turdagi OAV vakillari taklif qilinadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:33, 06.04.2018.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик