Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bugun futbol. “Navbahor” - “Nasaf”

Bugun futbol. “Navbahor” - “Nasaf”

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” Namanganda mamlakatimiz milliy chempionati, Superliganing 5-tur uchrashuvini “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar chempionatda o‘zaro, 43-marta kuch sinashadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 5-tur
“Navbahor” (Namangan) – “Nasaf” (Qarshi)

07.04.2018. “Markaziy" stadion. 20:00da
Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent) Zaxira hakami: Rustam Lutfullin (Toshkent).
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
Komissar: Baxtiyor Namozov.

Bungacha bo‘lib o‘tgan o‘zaro 42 uchrashuvning 22tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. 11ta o‘yinda “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 60-75 “Nasaf” foydasiga.

Mazkur jamoalar bugungacha Namanganda 21 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o‘zaro 22-uchrashuv bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan 21ta uchrashuvning 9tasida “Navbahor” g‘alabaga erishgan. 4tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan. 8 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Namangandagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga 66ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 42-24 “Navbahor” foydasiga.

“Nasaf” Namangandan so‘nggi bor 2013 yili uch ochko bilan qaytgan. Namangandagi o‘tgan yilgi o‘zaro uchrashuvda “Navbahor” kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. 2001 yili Namanganda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvda darvozalarga eng ko‘p, sakkizta to‘p kiritilgan. Bu uchrashuvda “Navbahor” 6:2 hisobida g‘alabaga erishgan.

Namangandagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

25.11.2017. “Navbahor” - “Nasaf” 1:0

11.06.2016. “Navbahor” - “Nasaf” 2:2

10.05.2015. “Navbahor” - “Nasaf” 1:1

06.04.2014. “Navbahor” - “Nasaf” 1:0

30.03.2013. “Naavbahor” - “Nasaf” 1:2

Bugungi uchrashuv ko‘pchilikda juda katta qiziqish o‘yg‘otmoqda. Bunga sabablar ham yetarli. “Navbahor” o‘z maydonida amaldagi chempionnni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Nasaf”ning tajovuzkor va tezkor hujumlarga boy o‘yinlari, mamlakatimizning aksariyat futbol ishqibozlarini o‘ziga rom etib keladi.

Bugun joriy chempionatimizdagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biri bo‘lishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chunki, har ikkala jamoa buni maromiga yetkazishga qurbi yetadigan jamoalardir.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv bugun soat 20:00da Namangan shahridagi “Navbahor” markaziy stadionida boshlanadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 08:35, 07.04.2018.
O'qildi: 2673 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик