Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston va Tojikiston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Tojikiston Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, mamlakat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Tojikiston sport vaziri va shu vaqtning o‘zida MOQ birinchi vise-prezidenti hisoblangan Abdullozoda Ahtam Rustam taklifiga ko‘ra Dushanbega tashrif buyurdi.

Bungacha O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlari har ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishgandi. Endi esa har ikki mamlakat sport sohasida ham o‘zaro hamkorlikda ish olib boradigan bo‘ldi. Olimpiada va Osiyo O‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston, qo‘shni mamlakat sportchilarining yirik turnirlarga tayyorgarligi, mahoratli sportchilarni yetkazib berish kabi masalalarda hamfikr bo‘lishga intiladi. 

Uchrashuv davomida Tojikiston va O‘zbekiston sportchilari qo‘shma yig‘inlarda ishtirok etishi borasida kelishuvga erishildi. Shuningdek, Osiyo O‘yinlari oldidan Tojikiston delegasiyasi tayyorgarlikning bir qismini O‘zbekistonda o‘tkazishi borasida kelishib olindi. 

“Tojikiston sportchilari bilan hamkorlik nafaqat ular uchun, balki biz uchun ham juda foydalidir. Umid qilamanki, bo‘lajak yirik turnirlarda qo‘shnilarimiz ham munosib ishtirok etishadi. Ana shunda bu muvaffaqiyatlarning bir qismida bizning ham hissamiz bor ekanidan faxrlanishimiz mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, qo‘shnilarimiz bilan iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning o‘zi chiroyli ish. Har qanday musobaqa davomida biz ularga, ular bizga muxlislik qilib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, bir-birimizga suyanib turishimiz o‘zaro hamkorligimiz qadrini yana bir karra oshirib beradi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ilk qadamlarni aynan qo‘shni respublikalar bilan aloqalarni mustahkamlashdan boshladilarmi, demak biz ham ularning ortlaridan shu yo‘ldan yurishga harakat qilamiz”, — dedi Umid Ahmadjonov. 

Bir vaqtning o‘zida O‘FA birinchi vise-prezidenti bo‘lgan Umid Ahmadjonov ertaga — 11 aprel kuni Dushanbe shahrida Tojikiston futbol federasiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:28, 10.04.2018.
O'qildi: 2428 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.