Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Navbahor»

Prevyu: «So‘g‘diyona» - «Navbahor»

Baho:
+ | -

Ertaga «Navbahor» Jizzaxda «So‘g‘diyona» jamoasi mehmoni bo‘ladi. «So‘g‘diyona» o‘yingohida soat 18.00da boshlanadigan uchrashuvga har ikki jamoa a’zolari ham munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilishdi. Superliga 5-turidan keyin Jizzax jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lganligi ham e’tiborga molik. Aleksandr Mochinov ijobiy natijalarni qayd eta olmagach, uning o‘rnini Sergey Lushan egalladi. “So‘g‘diyona” ushbu mutaxassis qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvni aynan “Navbahor”ga qarshi o‘tkazadi. Jamoamiz a’zolari Toshkentda hozirlik ko‘rishdi ikki kun davomida poytaxtda mashg‘ulot o‘tkazgan futbolchilarimiz bugun Jizzax shahriga yetib kelishdi. Bundan biroz vaqt oldin esa o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotni yakunlashdi. 
"Navbahor" va "So‘g‘diyona" jamoalari O‘zbekiston chempionatlarining oliy ligasida o‘zaro 44 bor uchrashishgan. Jamoamiz 22 bor g‘alaba nashidasini surgan. Jizzaxliklar hisobidagi yutuqlar soni 16 tani tashkil etmoqda. Tomonlar oltita o‘yinda durang qayd etishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 79-53, "Navbahor" foydasiga. 
Jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘shanda futbolchilarimiz Namanganda jizzaxliklar darvozasiga yettita javobsiz to‘p kiritishgandi. Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yilgi uchrashuvlar tarixda qolgan. E’tiborlisi o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan. 2000 yili Namanganda o‘tgan uchrashuvda 6:3 hisobi kuzatilgan bo‘lsa 2014 yili Jizzaxda «Navbahor»dan 5:4 hisobida ustun kelgandi. O‘tgan yili “So‘g‘diyona” Namanganda 4:1 hisobida mag‘lub etilgandi.
Yana bir qiziq fakt “So‘g‘diyona” Jizzaxda o‘tgan so‘nggi sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishni uddasidan chiqqan. Jamoamiz safardan so‘nggi bor 2006 yili yutuq bilan qaytgandi. 2007, 2010 va 2012 yillarda jizzaxliklar oliy ligada ishtirok etishmaganligi sababli so‘nggi 11 yilda sakkizta o‘yin o‘tkazilgan. 
Jizzaxda o‘tgan barcha uchrashuvlar natijalari
1992 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
1993 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
1994 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
1995 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
1996 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:4
1997 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
1998 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
1999 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
2000 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:1
2001 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
2002 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:1
2004 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:2
2005 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
2006 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 0:2
2008 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
2009 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 1:0
2011 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 3:2
2013 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:0
2014 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 5:4
2015 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:0
2016 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1
2017 yil
"So‘g‘diyona" - "Navbahor" - 2:1

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:50, 10.04.2018.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.