Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

YECHL. «Manchester Siti» kurashdi, ammo «Liverpul» finalga chiqdi

YECHL. «Manchester Siti» kurashdi, ammo «Liverpul» finalga chiqdi

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichining dastlabki o‘yinida "Manchester Siti" safarda yirik hisobda yutqazgan bo‘lsa-da, javob bahsida vaziyatni o‘nglash uchun Gvardiola shogirdlari imkoniyat bor edi.

"Shaharliklar" bugungi uchrashuvning 2-daqiqasidayoq "Liverpul" darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Sterlingning uzatmasidan keyin Jezus yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

"Siti" birinchi bahsga nisbatan bu safar butunlay boshqacha o‘yin namoyish qildi. Jamoa mersisaydliklarni o‘z jarima maydonchasiga qamab qo‘ydi. Mehmonlar katta qiyinchilik evaziga himoyalana boshlashdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida "Manchester Siti" ikkita ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi. Dastlab Bernardu Silva 20 metr masofadan yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, ikkinchisida hakamlar mezbonlarning toza golini inobatga olishmadi. Kevin de Bryuyne darvozabon maydonchasi atrofiga yuqoridan uzatma berdi. "Liverpul" posboni oldinga chiqdi va to‘pni mushti bilan urib yubordi. To‘p esa "qizillar" himoyachisi Milnerning oyog‘iga tegib, darvoza tomon ketdi. Darvoza oldida turgan Leroy Sane darvozani ishg‘ol qildi. Mateo Laos boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar bu golni bekor qilishdi. Sabab — ofsayd. Ha, Sane ofsaydda turgandi, ammo to‘p Leroy himoyalanayotgan jamoa futbochisidan borganini hakamlar inobatga olishmadi.

Mana shu vaziyat tufayli hakamlarga keskin e’tirozlar bildirgan Gvardiola tanaffusda o‘yindan chetlatildi. Klopp esa shogirdlariga kerakli ko‘rsatmalarni berishga muvaffaq bo‘ldi shekilli, ikkinchi bo‘limning starti mersisaydliklar uchun omadli chiqdi. Bahsning 56-daqiqasida Sadyo Mane ikki himoyachi orasida jarima maydonchasiga yorib kirdi. Ederson bu xavfni bartaraf etgandek tuyulgandi, ammo u to‘pni ushlab qola olmadi. Muhammad Saloh to‘pni olib qochib ketdi va bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Bu gol amalda to‘qnashuv taqdirini hal qilib qo‘ydi. "Siti" yarim finalga chiqish uchun endi 4ta gol urishi talab etilardi. Klopp shogirdlari bunday ustunlikni qo‘ldan chiqarib qo‘yishmasdi. Boz ustiga, 77-daqiqada "Liverpul" hisobda oldinga chiqib oldi. Firmino Otamendidan to‘pni olib qo‘yib, raqibni jazoladi.

Bu gol barcha masalasiga uzil-kesil nuqta qo‘ydi — "Liverpul" Yevropa chempionlar ligasi yarim finalida!

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, dastlabki o‘yin
Manchester Siti Angliya – Liverpul Angliya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Salax, 1:2 – 77 Firmino.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandinyo, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-CHemberlen, Salax (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).
Dastlabki o‘yin: 0:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:34, 11.04.2018.
O'qildi: 8681 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.