Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga. “Bunyodkor” Toshkentda “Metallurg”dan ustun keldi

Superliga. “Bunyodkor” Toshkentda “Metallurg”dan ustun keldi

Baho:
+ | -1

Superliga 6-turi doirasidagi «Bunyodkor» hamda «Metallurg» o‘rtasidagi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi. Bahs mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Xabaringiz bo‘lsa kerak, mazkur turga qadar har ikki jamoa ham hali mag‘lubiyatga uchramagan edi. Bugungi bahsda esa Mirjalol Qosimov shogirdlari raqibdan har tomonlama ustun kelib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qolgandi. Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida Shahzod Nurmatov hisobni ochdi, 67-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayev jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga yetkazdi.

82-daqiqada mehmonlar penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi va nuqtaga yaqinlashgan Shahzod Shaymanov zarbada adashmadi. Ammo oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, mezbonlar yetakchisi Javlon Ibrohimov uchinchi golni raqib darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Bu Javlonning ketma-ket 3-o‘yindagi goli bo‘ldi.

SUPERLIGA 6-TUR

«BUNYODKOR» – «METALLURG» 3:1 (0:0)

Gollar: Shahzodbek Nurmatov (56), Sardor Sobirxo‘jayev (67), Javlon Ibrohimov (85) – Shahzod Shaymanov (82-pen).

Bunyodkor: Suhrobjon Sultonov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Anvar G‘ofurov, Jovlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 79), Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov (Davronbek Umirov, 63), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov (Farrux Ikromov, 87).

Metallurg: Zafar Safayev, Abbosjon Otaxonov, Shahzod Shaymanov (Zoxid Abdullayev, 86), Zabihillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov (Zafar To‘rayev, 73), Jasur Hasanov, Sherzod Fayziyev, Akbarjon Ismatullayev, Muhammad Isayev (Suhrob Nurilloyev, 60), Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko.

Ogohlantirishlar: Muhammad Isayev (37).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:57, 11.04.2018.
O'qildi: 2983 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.