Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Eldor Sakayev: «Muxlislarimizga katta rahmat»

Eldor Sakayev: «Muxlislarimizga katta rahmat»

Baho:
+ | -

«Istiqlol» hamda «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng andijonliklar bosh murabbiyi Eldor Sakayev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Chunki «Istiqlol» jiddiy raqib edi. Qolaversa, bu jamoani tajribali murabbiy boshqarmoqda. Lekin biz futbolchilarimizni faqat g‘alaba qozonish ruhida tayyorladik. Ayniqsa, tezkor urilgan gol ruhiyatimizni yanada ko‘tarib yubordi.

- Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Andijondan kelgan muxlislarga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Biz Andijon xalqi uchun, ularni xursand qilish uchun o‘ynayapmiz. Shuningdek, bizga ajoyib sharoitlarni yaratib berayotgani uchun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich Abdurahmonovga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- Aytishim kerakki, dastlabki turda «Mash’al»ga qarshi o‘yinimizdan ko‘ra bu safargi bellashuv biz uchun og‘ir kechishi aniq edi. Shunga qaramay, futbolchilarimiz ajoyib o‘yin namoyish etishdi. Golli imkoniyatlardan samarali foydalana olganimiz tufayli ham hisob yirik ko‘rinish oldi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:28, 12.04.2018.
O'qildi: 1986 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик