Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zbekiston MTJ nima uchun FIFA reytingida bu qadar pastladi?

O‘zbekiston MTJ nima uchun FIFA reytingida bu qadar pastladi?

Baho:
+ | -

Bugun FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyidagi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi birdaniga 18 pog‘ona pastlab, 88-o‘rinni egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha milliy terma jamoamiz Osiyoda 13-pog‘onada bormoqda. FIFA reytingiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘yin jihatidan bizdan kuchsizroq bo‘lgan Qirg‘iziston, Ummon, Falastin kabi terma jamoalar O‘zbekistondan yuqorida joylashishgan. Buning sababi nimada?

FIFA reytingida hisob-kitob juda ham oddiy. Xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozongan har qanday terma jamoa FIFA reytingida ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo buning uchun muayyan bir terma jamoaning oxirgi 4 yillikda qayd etilgan natijalarning o‘rtacha ballari hisoblab chiqiladi. Bunda uchrashuvning qanday maqomga ega ekanligi, g‘alaba yoki durangning qanday musobaqada qo‘lga kiritilgani muhim ahamiyatga ega.

Oddiy qilib aytilganda, o‘rtoqlik uchrashuvlari FIFA reytingida eng kichik musobaqa maqomiga ega bo‘lib, koeffisenti 1ga teng. Undan keyin Jahon chempionati yoki qit’a chempionati saralash musobaqasi bo‘lib, uning koeffisenti 2,5 ga teng. Qit’a chempionati va FIFA Konfederasiyalar kubogi kabi musobaqalarning final bosqichlari koeffisenti 3ga teng bo‘lsa, eng yirik musobaqa sifatida Jahon chempionti final bosqichi hisoblanadi, uning koeffisenti 4ga teng.

Ochkolarni hisoblash jarayonida raqib jamoaning reytingdagi o‘rni va uning konfederasiyasi koeffisenti ham muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida, KONMEBOL, ya’ni Janubiy Amerika jamoalari bilan o‘tkazilgan har qanday uchrashuv eng ko‘p ochko beradi, ya’ni koeffisenti 1ga teng. Yevropa jamoalari 0,99, Osiyo, Afrika, Okeaniya va KONKAKAF jamoalarining koeffisenti 0,85ga teng.

Mana shu jihatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston MTJ nima sababdan bu qadar reytingda pastga tushgani oydinlashadi. Biz mart oyida Afrika terma jamoalari bilan 2ta o‘yin o‘tkazib, bitta durang, bitta mag‘lubiyat qayd etdik. Senegalga qarshi o‘yindagi durang terma jamoamizga ochkolar taqdim etdi. Agar O‘zbekiston mart oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmaganida, FIFA reytingida bundan ham pastroq o‘rinlardan joy olgan bo‘lardi.

Dunyo miqyosida FIFA reytingida eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan Qirg‘iziston terma jamoasi Myanma va Hindiston bilan o‘ynagan bo‘lsada, lekin musobqaning muhimligi jihatidan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan terma jamoalar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p ochko olgan.

Rasmiy musobaqalarda qatnashmaydigan terma jamoalarning reytingda pasayishi ro‘y beradigan holat hisoblanadi. Bu ayniqsa, rasmiy musobaqalar, masalan, saralash o‘yinlaridan ozod bo‘lgan jamoalarda ko‘p kuzatiladi. Rossiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 66-o‘rinni egallab turibdi. Bu Rossiyaning zamonaviy futboli tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:20, 12.04.2018.
O'qildi: 7280 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.