“Ayntraxt” ustozi Niko Kovach yangi mavsumda “Bavariya” klubini boshqaradi. Bu haqda Myunxen klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ma’lumot uchun, nemis klubi xorvatiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Shuningdek, “Bavariya” “Aytraxt”ga 2,2 mln yevro miqdorida kompensasiya to‘ladi.
Kovach faoliyati davomida “Ayntraxt”dan tashqari Xorvatiyaning yoshlar va asosiy terma jamoalarini boshqargan.