Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Xitoy futboli mo‘’jizasi

Xitoy futboli mo‘’jizasi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Ellikdan ortiq futbol maydonlari, 2500 nafar futbolchi, Madridning «Real» klubidan 24 murabbiy - bularning bari 130 mln. funt turadigan saroy-akademiyaning kichik qismi, xolos.

So‘nggi yillarda Xitoy jahondagi iqtidorli futbolchilarni sotib olishda eng faol mamlakatga aylanib ulgurdi. Chin yurti o‘yinchilarga yuqori maoshga ega shartnomalar taklif etyapti.

Ammo bu bilan xitoyliklar mahalliy futbolchilarga e’tibor qaratishmaydi, deyish noto‘g‘ri. Misol uchun, «Guanjou Evergrand» o‘z iste’dodlarini tarbiyalashga yirik mablag‘ ajratmoqda.

Natijada, mazkur klub 50ta futbol maydoni hamda 2500 talabadan iborat yirik akademiyasiga asos soldi. 300 akr maydonni egallagan ushbu maktab qurilishi uchun 130 mln. funt sarflandi.

Asosiy maqsad - Xitoyning jahon chempionatida g‘olib chiqishida ko‘maklashish. Agar Chin yurtining ayni payt jahon reytingida Boliviya va Albaniya singari davlatlardan ortda qolgan holda, 65-o‘rinni egallab turganini inobatga olsak, bu niyat biroz g‘alatidek tuyulishi mumkin.

Shunga qaramay, sezilarli o‘sishni ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim - so‘nggi yillarda Xitoy termasi birdaniga 30 pog‘ona yuqorilashga erishdi. Har kuni akademiyadagi murabbiy va tarbiyalanuvchilar jahon kubogining 12 metrli nusxasi yonidan o‘tishadi. Shu tariqa ularning maqsadlari aslida nima ekani eslatib turiladigandek, go‘yo.

Qizig‘i, «Guanjou Evergrand»ning mo‘’jazgina futbol maktabi atigi 10 oy ichida haqiqiy futbol markaziga aylandi.

Albatta, faqatgina akademiya va resurslarning o‘zi kamlik qiladi. Bo‘lajak jahon chempionlarini tarbiyalash uchun malakali mutaxassislarni jalb etish darkor.

Aynan shu sabab akademiya rahbariyati Madridning «Real» klubi tizimidagi 24 murabbiyni ishga oldi. Ushbu hamkorlikning amalga oshishida Xitoy va La liga gigantlari o‘rtasida tuzilgan kelishuv ulkan ahamiyat kasb etdi. Tarjimonlar muntazam ravishda qo‘llanmalar va kitob-larni xitoychaga o‘girish bilan shug‘ullanishadi.

2016 yili murabbiy Serxio Dias xitoylik yoshlar to‘g‘risida quyidagicha fikr bildirgandi: «Sezishimcha, bu bolalarda texnik salohiyat yetarli. Taktika va qaror chiqarish bo‘yicha esa hali ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi».

So‘nggi bir necha yil mobaynida akademiyaga «Real» prezidenti Florentino Peres hamda shaxsan Krishtianu Ronalduning kelishi tarbiyalanuvchilarni quvontirdi. Narxlar haqida gap ketganda, mamlakatning eng yaxshi akademiyasidagi yillik o‘qish ota-onalarga 60 ming yuanga (9,5 ming dollardan ko‘proq) tushadi.

Darhaqiqat, kichik summa emas. Ammo to‘lov amalga oshirilgach, yosh futbolchilar nafaqat millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rganishadi, balki basseyn, kinoteatr, kutubxona va trenajyor zallaridan ham foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, ular basketbol, tennis hamda voleybol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Ta’lim maskani direktori Lyu Yanyanning ta’kidlashicha, uning yirik akademiyasi va Xitoy futboli rivojlanishi uchun hali ancha vaqt kerak bo‘ladi: «Mana ko‘rasiz, keyingi besh yil ichida bizning futbol yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Kamida Osiyoning eng kuchli milliy jamoasiga aylanamiz. 20-30 yildan keyin esa Xitoy jahonning eng kuchli termalaridan biri bo‘ladi». To‘g‘ri, hozircha xitoyliklar Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagan jamoalar - Uels (0:6) va Chexiyaga (1:4) yutqazishdi.

Ammo bunday akademiya va rivojlanishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bilan Chin yurti vakillari katta yutuqlarga erishishlari muqarrar.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:10, 13.04.2018.
O'qildi: 4885 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.