Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hamda “Krasnodar” futbol klubi media deportamenti hamkorligida Superliga matbuot kotiblari uchun seminar treyning tashkil etildi.
Kuni kecha o‘quv seminarining dastlabki kunida klub matbuot kotiblari “Krasnodar” futbol akademiyasi hamda klub matbuot xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Rejaga ko‘ra dastlabki o‘rganish ob’ekti sifatida “Krasnodar” futbol klubi akademiyasi bo‘ldi. U yerda bizni “Krasnodar” futbol klubi matbuot kotibi Denis Danilchenko iliq kutib oldi.
Shundan so‘ng, “Krasnodar” futbol klubidagi seminar rasman boshlandi. Avvaliga klubning futbol maktabi bilan yaqindan tanishdik. Shuni qayd etish kerakki, “Krasnodar” futbol akademiyasi nafaqat Rossiya, 14 balki butun Yevropaning ham har jabhada eng kuchli futbol maktabi ekanligiga amin bo‘ldik.
Yaratilgan mukammal shart sharoitlarga havas qilsa arziydi. Futbol bilan shug‘ullanish uchun hamma narsa muhayyo etilgan. Akademiya hududida barpo etilgan 26 ta maydonning o‘zi hammasini aytib turibdi.
Akademiyaning Krasnodar o‘lkasi bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 28ta filiali va undagi 13 mingdan ziyod tarbiyalanuvchilar, malakali murabbiylar, seleksiya xizmatidagi skautlar, o‘rta maktab dasturiga asoslangan ta’lim tizimi, tibbiyot markazi va bir nechta boshqa loyihalar e’tiborimizni tortdi.
Ayniqsa, FOOTBOT tizimi barchamizni lol qoldirdi. Maxsus kompyuterlashtirilgan inshootda futbolchi robotdan turli xil uzoqlik, tezlik va balandlikda pas qabul qilib oladi va uni belgilangan nuqtaga ma’lum vaqt ichida yetkazib berishi lozim. Bu tizim dunyoda birinchilardan bo‘lib aynan Krasnodar akademiyasida joriy etilgan.
Kunning ikkinchi qismida, Superliga matbuot kotiblari “Krasnodar” arenaga tashrif buyurishdi va u yerda Rossiya premyer-ligasi 26-turi doirasidagi “Krasnodar” – “Arsenal” (Tula) uchrashuvini kuzatishdi. Asosan, “Krasnodar” futbol klubi matbuot xizmatining o‘yinoldi, o‘yin payti va uchrashuvdan keyingi media jarayonlarida bevosita ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan oldingi media markaz faoliyati, o‘yin paytidagi media tribuna OAVning ishlashi hamda uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani tashkil etilishi hamda mikst-zonadagi ish jarayoni qay tartibda olib borilishini bevosita amaliyotda kuzatishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan har bir jarayonni kuzatish orqali orttirilgan tajriba Superliga matbuot kotiblaring O‘zbekistondagi ichki musoboqalarda qo‘llash orqali Superliga uchrashuvlriga rang-baranglik olib kirilishi ko‘zda tutilgan.
Krasnodardagi seminarning birinchi kuni faolitidan qo‘yidagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin.
"So‘g‘diyona" PFK matbuot raxbari Dildora Xolboyeva, Krasnodar shaxridan maxsus