Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida «Lokomotiv» o‘rinbosarlarini 3:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida «Lokomotiv» o‘rinbosarlarini 3:1 hisobida mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun O‘zbekiston OTJ yig‘in doirasida "Lokomotiv" klubi o‘rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston OTJ tarkibida gollarga Jahongir Abdusalomov, Shahzod Ubaydullayev va Ilhom Alijonov (penaltidan) kiritdi.

O‘zbekiston OTJ "Lokomotiv" o‘rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvini quyidagi tarkibda boshladi: Mashhur Muxammadjonov, Samandar Shukurillayev, Husnuddin Aliqulov, Abubakir Mo‘ydinov, Doniyor Hoshimov, Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Farrux Ikromov, Rasul Yuldashev, Abror Ismoilov, Mirjahon Mirahmadov. Ikkinchi bo‘limda tarkib butunlay yangilanib, zaxiradagi futbolchilarga ham imkon berildi.

Uch kun davom etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida murabbiylar shtabi Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, ularning hujum va himoyadagi taktik va texnik harakatlarini shakllantirish borasida ish olib borishganini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:30, 15.04.2018.
O'qildi: 2724 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик