“Manchester Siti” klubi sardori Vensan Kompani chempionslik tituliga o‘z munosabatini bildirdi.
“Chempionlik! Bu qanday ajoyib tuyg‘u! Xursandman, muxlislarimiz bilan birga yana bir katta musobaqada g‘olibga aylandik. Unutib bo‘lmas kun”, – deya yozadi Kompani tvitterdagi sahifasiga.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli belgiyalik uchinchi marta Angliyada chempion bo‘ldi (2011/12, 2013/14, 2017/18). U shuningdek, “Man Siti” bilan Kubok va Angliya Superkuboki, bundan tashqari, uch marta Liga Kubogi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.