Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Qo‘qon-1912» Zomindagi dramatik o‘yin

«Qo‘qon-1912» Zomindagi dramatik o‘yin

Baho:
+ | -

Mazkur uchrashuvda murabbiylarimiz yetakchi o‘yinchilarga dam berishga qaror qilishdi. O‘yin kutilganidek jamoamizning faolligi bilan boshlandi. Futbolchilarimiz bo‘lim boshidan hujumkorlikka e’tibor qaratishdi. Birinchi taymda Doston Meliqo‘ziyevda hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Shuningdek, bo‘limning oxirida Igor Taran va Doston Meliqo‘ziyevlar chiroyli kombinasiya tashkil etishdi. Ushbu kombinasiya samarasiz yakunlandi. Jamoalar nursiz durang bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘lim maydon egalari uchun omadli boshlandi. 47-daqiqada Doston Toshmatov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 58-daqiqada zominliklar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Bu safar Lutfullo Fayzullayev o‘zini ko‘rsatdi. 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Pardayev raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, hisobni qisqartirdi. Pardayev jarimani to‘pini qoyilmaqom tarda ijro etganini ta’kidlash joiz. Uning goli kubok bahslarining bezagiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

88-daqiqada Muhammadanas Hasanov oshirib bergan to‘pni Bahodir Pardayev boshi bilan raqib darvozasiga yo‘lladi. Biroz noaniq.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Igor Taran raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi va hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakun topdi.

Ikkinchi bo‘limda bosh murabbiymiz tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishdi.

113-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev jamoamizni oldinga olib chiqdi. Shunday qilib, vakillarimiz qiyin kechgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

O‘zbekiston Kubogi

1/16 final

“Zomin” – “Qo‘qon-1912” – 2:3 (0:0)

Hakamlar: I.Ibragimov (Nukus), B.Kannazarov (Nukus), J.Sarsenov (Nukus), SH.Fayziyev (Jizzax).

Nazoratchi – S.Najafaliyev (Toshkent).

Komissar – B.Oripov.

Gollar: Doston Toshmatov – 47, Lutfullo Fayzullayev – 58. – Bahodir Pardayev – 77, Igor Taran – 88, Quvondiq Ro‘ziyev – 113.

“Zomin”: Javohir Komilov,  2. Shuhrat Sadriddinov, 3. Azamat Abdullayev, 5. Ubaydullo Nabiyev, 6. Sherzod Jamilov, 7. Tursunmurod Hamdamov, 8. Renat Muhammedshin  9. Lutfullo Fayzullayev, 14. Doston Toshmatov, 15. Sardor Qahorov, 17. Jonibek Ko‘chimov.

Zaxira: 4. Eldor Karimov, 10. Durbek Kamolov, 11. Behruz Do‘stmurodov, 12. Hazrat Tursunqulov, 13. Rahmiddin Abdurasulov, 18. Shohjahon Abbosov, 19. Sardor Usmonov, 22. Shahzod Abdurahmonov.

“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov (18. Bahodir Pardayev-74), 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 29. Igor Taran, 38. Doston Meliqo‘ziyev (97. Muslim Qurbonov – 105), 49. Saveliy Abramov (19. Suhrob Berdiyev-59), 55. Darko Gojkovich, 95. Milan Spremo (23. Aleksandr Merzlyakov-76), 96. Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 1. O‘tkir Yusupov, 10. Javohir Sidiqov, 22. Murod Xolmuhammedov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 11:05, 16.04.2018.
O'qildi: 3065 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.