Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Abdumalik Hakimov: "Neftchi"ning muvaffaqiyatsizligi vaqtincha holat"

Abdumalik Hakimov: "Neftchi"ning muvaffaqiyatsizligi vaqtincha holat"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi doirasidagi "Sho‘rtan" - "Neftchi" bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida farg‘onaliklarning katta murabbiyi Abdumalik Hakimov hamda Shukur Po‘latovlar ishtirok etishdi

Abdumalik Hakimov: Birinchi o‘rinda, ushbu g‘alabani uzoq vaqtdan beri kutayotgan jamoamiz rahbariyati va farg‘onalik sodiq muxlislarni tabriklayman! Yigitlarga katta rahmat! Bu g‘alaba barchamizniki. Ochig‘i g‘alabani katta-kichigi bo‘lmaydi. Sekin-asta barchasi ijobiy ko‘rinish olmoqda. Iqtidorli hujumchi Murod Bobojonov jarohatdan tiklandi. Shu qatori yana boshqa futbolchilarimiz ham o‘zlarining optimal formalariga kirib borishmoqda. Nasib qilsa, hali o‘z muxlislarimizni bunday g‘alabalar bilan ko‘p xursand qilamiz

- Demak "Neftchi"ning hozirgi natijalari vaqtincha, to‘g‘rimi?

- Ha vaqtincha holat deb o‘ylayman. Jamoa muvaffaqiyatlari uchun qo‘limizdan kelgan barchasini amalga oshiramiz. O‘yin tengkurashlar ostida kechdi. "Sho‘rtan" - kuchli raqib ekanligini bilardik. G‘uzorliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman

- "Neftchi" asosiy e’tiborini O‘zbekiston Kubogiga qaratganmi yoki Superliga bahslariga ?

- Xar bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. To‘g‘ri g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi. Joriy mavsumdan boshlab jamoalar o‘rtasida raqobat yanada qizg‘in ko‘rinish oldi. Oson o‘yin yo‘q. Shu sabab xar bir jamoa o‘yinlarga juda ham puxta va jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.

Shukur Po‘latov:  Uzoq kutilgan ilk g‘alaba bilan jamoamizning ashaddiy muxlislarini tabriklayman. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat doim birga yuradi. Xabaringiz bor, mavsumga juda oz fursat qolganda  Superligada ishtirok etishimiz aniq bo‘lib ulgurdi. Tayyorgarlikka esa oz vaqt qolgandi. Shu vaqt oralig‘ida murabbiylar shtabi o‘zlari istagandek seleksiya va tayyorgarlik jarayonini olib borisha olmadi. Bu ham natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Omadsizlik vaqtincha deb o‘ylayman. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:05, 16.04.2018.
O'qildi: 3525 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.