Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Top klublarda omadi yurishmagan futbolchilar

Top klublarda omadi yurishmagan futbolchilar

Baho:
+1 | -

Yaqinda Gomesh hayoti huddi do‘zahga aylanib qolayotganini aytib o‘tdi. Ba’zi futbolchilar top klublarga o‘tib, megayulduzga aylana olsa, boshqalari shunchaki yo‘qolib qolishadi, Biz  buyuk klublarda omadi yurishmay, o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

Andre Gomesh («Barselona»)

​Gomesh «Benfika»da ham «Valenciya» da ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Uga erishish uchun «Real» va «Barselona» kurashga kirishdi. Ammo «Barselona» 35millionga qo‘lga kiritgan futbolchini tanimayapti. Uning o‘yinlarda o‘zini tutishi, qilayotgan xatolari «Barselona»dek jamoa o‘yinchilariga xos emas. Hozirda bu futbolchini na muxlislar va rahbariyat qo‘llamay qo‘ydi. Gomesh hammaning nafratiga uchradi.

«Gaplarim balki sizga yoqmas, ammo hozirda mening hayotim do‘zahga aylangandek. Miyam har xil yomon narsalar bilan to‘la. Uydan chiqishga qo‘rqaman. Huddi odamlar menga doim nafrat ko‘zi bilan qarayotgandek tuyulaveradi»-deydi «Barsa» yarim himoyachisi.

Katta ehtimol bilan Gomesh jamoani tark etadi.

Karim Benzema («Real»)

«Qochoq»lar turlicha bo‘lishadi. Kimdirning murabbiyi jamoa tarkibiga qo‘shmagani uchun jamoadan ketishni reja qilsa, boshqasini muxlislar yoqtirishmaydi. Benzema muxlislarning «nishonida». Poytaxt muxlislari uning harakatlaridan doim xato qidiradi. Murabbiy esa boshqa fikrda. Benzemaning o‘zi ham Gomeshchalik tushkunlikka tushmaydi. U hush kayfiyatda o‘ynashda davom etaveradi.

Klaudio Bravo («Manchester Siti»)

Angliyaga yo‘l olamiz. Bravo Gvardiolaning taklifi bilan 2016-yili «shaharliklar» safida paydo bo‘ldi. Birinchi raqamni olgan chililik darvozabon asosiy tarkibda o‘ynadi. To‘pga chiqishdagi qo‘pol va ishonchsiz harakati, darvozabonga xos bo‘lmagan asabiy o‘yini sabab «Siti» boshqa darvozabon topish payida bo‘ldi. Tarkibga yosh Edersonni qo‘shilishi Bravoni shoshiltirib qo‘ymadi. Asosiy o‘rnini bo‘shatib bergan darvozabon yosh Edersonga ustozlik qilmoqda.

Deyli Blind («Manchester Yunayted»)

Mourinyoga bu futbolchi uchun alohida «rahmat» aytsak arziydi. O‘zi aslida Mourinyo sabab juda ham ko‘p futbolchilar tushinarsiz o‘yinlar qilishadi. Blind fantastik o‘yin ko‘rsatadi. U maydonning xohlagan joyida o‘ynab keta oladigan o‘yinchi. Ammo futbolchi negadir zahirada ko‘p qolmoqda. Balki bunga uning iqtidori sabab bo‘layotgandir. Nima bo‘lganda ham Blindek futbolchi jamoani tark etib, o‘z o‘yinini topa olishiga ishonamiz. Bu ro‘yhatda Mxitaryan bo‘lishi mumkin edi. Lekin futbolchi o‘z vaqtida o‘zini hurmat qilmagan jamoani tark etib bo‘ldi.

Simon Minyole («Liverpul»)

Loris Karius Minyole bilan raqobatda g‘olib bo‘ldi. Bunga Simon ham ishonchsiz o‘yini bilan yordam berib yubordi. So‘nggi paytlarda «Qizillar» safida darvozabon bilan muammolar uchrab turibdi. Simon esa yorqin o‘yinlarini eski jamoasida unutib qoldirganga o‘xshaydi. Top klub safida o‘ynashga qiynalayotgan tajribali darvozabon muxlislarning ishonchini oqlay olmadi. Oddiy holatlardagi xatolar muxlislarni «qonini qaynatmqda»

Unda yana imkoniyatlar bo‘lishi aniq.

David Luis («Chelsi»)

​Braziliyalik ajoyib himoyachining Londonda ishlari negadir yurishmayapdi. U bir marta klubdan «qochib» bo‘ldi. Mourino ishonchiga kira olmagan himoyachi PSJdan qo‘nim topgan edi. Murabbiylar o‘zgargach u «ko‘klar» safiga qaytdi. Italiyalik murabbiy 

DAVOMI Futbol olami blogida

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:45, 17.04.2018.
O'qildi: 6411 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.