Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Andrey Miklyayev: «Duhayl»ga yutqazmaganimizda, hozir vaziyat butkul boshqacha bo‘lishi mumkin edi»

Andrey Miklyayev: «Duhayl»ga yutqazmaganimizda, hozir vaziyat butkul boshqacha bo‘lishi mumkin edi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" – "Zob Ahan" uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" jamoasi ustozi Andrey Miklyayev hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Islom To‘xtaxo‘jayev ishtirok etishdi.

- Uchrashuv oson o‘tmadi. Raqibni keyingi bosqichga yo‘l olgani bilan tabriklayman. Chempionlar Ligasi – shunday jiddiy musobaqa. Unda har bir ochko qimmatli. Agar "Duhayl" bilan o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lmaganimizda balkim hozir vaziyat butkul boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Nima ham deya olaman, bu yilgi musobaqada yigitlarimiz katta tajriba to‘plashdi. Jamoada muhit yomon emas. Yigitlar qo‘ldan kelgancha harakat qilishmoqda. Kim uchrashuvga tayyor bo‘lsa, mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatsa, o‘sha futbolchi maydonga tushadi.  Cho Suk Je o‘zini u qadar ko‘rsata olmayapti. Sherzod Karimov esa mashg‘ulotlarda yanada qattiqroq ishlashi lozim, - dedi tajribali mutaxassis.

- Bizga so‘nggi paytlarda balkim omad, balki mahorat yetishmayapti. Buni qayd etayotgan natijalarimiz ko‘rsatib turibdi. Bugun ham yigitlar imkon boricha o‘ynashdi. Umid qilamanki, hammasi hali o‘z o‘rniga tushib ketadi. Zero biz hali ichki maydonda chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz. Jamoamiz muhit yaxshi. Yangi kelganlarga to‘liq o‘zini ko‘rsatish uchun biroz vaqt talab etiladi. Hali Cho, Karimov va Rashidov ham o‘zlarining ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatishiga aminman, - dedi jamoa sardori.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 03:19, 18.04.2018.
O'qildi: 11861 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик