Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Inter» yirik hisobda g‘alaba qozondi

A Seriya. «Inter» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 33-tur bahslarini «Inter» hamda «Kalyari» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ochib berdi.

Bellashuvda «Inter» mehmonlar darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritishga erishdi. Milan klubi gollariga Joau Kanselu, Mauro Ikardi, Marselo Borzovich va Ivan Perishich mualliflik qildi. Shu tariqa «Inter» uch o‘yindan buyon davom etayotgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Inter» 63 ochko bilan uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

A Seriya, 33-tur
17 aprel, seshanba
«Inter» — «Kalyari» 4:0
Gollar: 1:0 – 3 Joau Kanselu, 2:0 – 49 Ikardi, 3:0 – 60 Brozovich, 4:0 – 90 Perishich.
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda (Ranokkiya, 83), D`Ambrozio, Galyardini (Valero, 37), Brozovich, Karamo (Kandreva, 76), Rafinya, Perishich, Ikardi.
Kalyari – Kranyo, Andreolli, Romanya, Kastan, Djannetti, Ionise, Padoin (Likoyannis, 53), Miange, Kossu (Kaligara, 74), Seter, Sau (Farago, 50).
Ogohlantirishlar: Djannetti (58), Brozovich (63).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 04:04, 18.04.2018.
O'qildi: 2854 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик