Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga: “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”. Prevyu

Superliga: “Qo‘qon-1912” – “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” Superliganing 7-tur uchrashuvini safarda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv 21 aprel shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 7-tur

“Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) - “Nasaf” (Qarshi)

21.04.2018. Qo‘qon sh., “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)

Zaxira hakami: Farux Yansupov (Toshkent).

Nazoratchi: Igor Nexochin (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Baxtiyor Namozov

O‘zaro uchrashuvlar raqamlarda

Mazkur jamoalarning milliy chempionatimizdagi o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, jamoalar bungacha 16 marta tuqnash kelishgan. Shundan 12ta uchrashuvda "Nasaf" g‘alaba qozongan. 4 uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Eng qiziqarlisi "ajdarlar"ning o‘zaro uchrashuvlarida hanuzgacha durang natija qayd etilmagan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 19-35.

Jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 17-uchrashuv sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Bu uchrashuv “Nasaf”ning milliy chempionatimizdagi 625-uchrashuvi hisoblanadi.

Qo‘qondagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qo‘qonda 8 uchrashuvda bahs yuritishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 4tasida “Qo‘qon-1912” jamoasi va yana 4tasida jamoamiz g‘alabaga erishgan. Qo‘qondagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 24ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 14-10ni tashkil etmoqda. Ustunlik “Qo‘qon-1912” jamoasida.

Qo‘qondagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

04.03.2017 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2

26.08.2016 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2

16.08.2015 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:3

18.08.2003 “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 3:0

09.06.2002 “Temiryo‘lchi” – “Nasaf” 3:0

O‘zaro uchrashuvlardagi yirik hisoblar

"Nasaf"ning o‘zaro uchrashuvlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. “Qo‘qon-1912”da bu ko‘rsatkich 3:0ga teng. Tarixda qolgan bu uchrashuvlar 2003 yili bo‘lib o‘tgan, “Nasaf” – “Temiryo‘lchi” 4:0 uchrashuvida jamoamizning o‘tmishdagi to‘purari – Zafar Xolmurodov xet-trik qayd etgan va Dilshod Mavlanov bir marta gol muallifi bo‘lgan. Ikkinchi davrada Qo‘qonda bo‘lgan uchrashuvda esa Shuhrat Rahmonqulov dublni nishonlagan, Shuhrat Yusupov esa qarshiliklar darvozasiga bitta to‘p yo‘llagan.

Jamoalar to‘purarlari

"Qo‘qon-1012" futbolchilari bu yilgi chempionatda 4ta gol urgan. Shulardan 2tasi Murod Xolmuhamedov hisobiga yozilgan bo‘lsa, yana 1tasini Suhrob Berdiyev kiritgan. “Navbahor” bilan bo‘lgan uchrashuvda, “Qo‘qon-1912” jamoasi foydasiga Tomislav Payovich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan.

“Nasaf”ning birdan uch nafar futbolchisi jamoa to‘rurarligiga davogar bo‘lib turibdi. Bular Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduxoliqov va Slavko Lukichlardir. Ular shu paytgacha raqiblari darvozasiga 2tadan gol kiritishgan. “Nasaf” shu paytgacha raqiblari darvozasini 8 marta ishg‘ol qildi.

Sariq kartochkalar

“Qo‘qon-1912” futbolchilari bu yilgi bahslarda 9 marta ogohlantirish olishgan. Jamoamiz futbolchilariga hakamlar 10 marta sariq kartochka ko‘rsatishdi. “Qo‘qon-1912” jamoasida Marko Milich va Qo‘vondiq Ro‘ziyevlar 2 martadan sariq kartochka olishgan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 21 aprel shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

Yoshlar o‘rtasidagi bahs esa, 20 aprel juma kuni soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuv Uchko‘prik markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 12:16, 18.04.2018.
O'qildi: 2994 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.