Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Umid Ahmadjonov: «Faqatgina xolis va odil hakamlik orqali biz muxlislarni stadionlarga qaytara olamiz”

Umid Ahmadjonov: «Faqatgina xolis va odil hakamlik orqali biz muxlislarni stadionlarga qaytara olamiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugun, 18 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi klublari rahbarlari, hakamlar va nazoratchi hakamlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda hakamlik sohasi, muxlislar, marketingni rivojlantirish, Superliga uchrashuvlari targ‘ibotini kuchaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

«So‘nggi paytlarda Superliga bahslarida yana xatolar, biror bir jamoaga yon bosish, o‘yindan tashqari holatlarni aniqlashda xatoliklar aniqlanmoqda. Uchrashuvlar yakuniga yetganidan so‘ng menga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mana asta-sekin muxlislarimiz stadionga qaytmoqdalar. Bu hakamlarga ham bog‘liq. Ularning birgina hushtagi evaziga o‘sha muxlislar yana futboldan uzoqlashib ketishlari mumkin. Shuning uchun, o‘z ustingizda yanada ko‘proq ishlashingiz lozim. Biz har bir o‘yinni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Bizga halol o‘yinlar va odilona hakamlik kerak. Yon bosishlar, atayin qilingan xatolarga nisbatan keskin chora ko‘ramiz.

Mana, yosh hakamlarimiz yetishib chiqmoqda. Birgina xato sabab ularni o‘yinlardan chetlatib yuborish fikridan yiroqmiz. Aksincha, tajriba to‘plashsin. Pro Liga, ayollar futboli uchrashuvlarida mahoratlarini toblab olishsin.

Agar malakali hakamlar kam bo‘lsa, markaziy uchrashuvlar uchun chetdan ham hakam olib kelishga tayyormiz. Bu borada sizlardan taklif kutib qolaman», – dedi MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hakamlarga qarata.

Uchrashuvda stadionga kelayotgan muxlislar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratilishi lozimligi ta’kidlandi. Zero, futbol stadionlari insonlar uchun hordiq chiqaradigan maskanga aylansin. Ular farzandlari bilan stadionlarga kelganida barcha shart-sharoitlar muhayyo bo‘lishi kerakligi, bolajonlar uchun klub ramzlari tushirilgan turli futbolkalar, buyumlar, klub atributikalari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi qayd etildi.

Barcha hakamlar, klublar ahil, jipslashib harakat qilishlari lozimligi sportimiz rahbarlari tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish davomida viloyat jamoalarining uzoq tumanlardan tashrif buyuradigan muxlislari uchun maxsus avtobuslar tashkil qilib berish masalasi ham ilgari surildi. Bu albatta muxlislarga qulaylik tug‘dirishi shubhasiz.

Umid Ahmadjonov shuningdek yig‘ilish davomida akademiya, mini-futbol va ayollar futboliga ham e’tiborni kuchaytirish lozimligiga alohida urg‘u berib o‘tdi.

«Klublar o‘z akademiyasiga e’tibor qaratsa, nima bo‘lishini «Bunyodkor», «Nasaf» kabi jamoalar misolida ko‘rishimiz mumkin. Mana, «Bunyodkor»ni bir qancha yetakchilar tark etgan bo‘lsada, jamoa g‘alaba qozonishda davom etmoqda. Yoki «Nasaf»ning asosiy futbolchilari «Paxtakor» safiga o‘tib ketishdi. Biroq, shunga qaramay jamoa hamon yetakchilar qatorida.

Ba’zi klublarda mini-futbol va ayollar futboliga e’tibor past darajada. Bu borada FIFAning o‘z talablari mavjud. Bunga amal qilishimiz kerak. Bu masalada ham muxlislarni qiziqtirish bo‘yicha ishlar olib borishimiz kerak», – dedi MOQ rahbari.

Muloqot chog‘ida yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonda ham videotakrorlar tizimini joriy etish haqida so‘z bordi. Avvaliga bu markaziy o‘yinlar uchun sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov futbolimizni rivojlantirish yo‘lida chin dildan ishlashimiz lozimligi haqida gapirib o‘tdi.

«So‘nggi paytlarda O‘zbekiston futbol assosiasiyasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu juda yaxshi. Faqat, klublar ham bu borada tashabbus ko‘rsatishlari, fidoiylik qilishlari lozim bo‘ladi. Mana, «Navbahor» klubi muxlislar uchun futbolkalar, atributkalar tarqatmoqda. Bo‘lar ekanku. Bo‘lmaydi deb o‘tirish bilan ish bitmaydi. Harakat qilsak muxlislarni yana stadionga qaytarishni, o‘yinlarni jonli efirda namoyish etishni, biroz kechroq vaqtga belgilashni uddasidan chiqsa bo‘lar ekan. Demak, oldinga intilishda davom etamiz.

Shuni aytib o‘tishni istardimki, futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirish borasida qilinayotgan ishlar sustlashdi. Klublar ularning jismoniy holatini aniqlash tizimini ishga tushirishlari kerak. Bu tizimni boshqa sport turlarida ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Ana shunda ularning imkoniyatiga qarab, rejalarni amalga oshirsak bo‘ladi», – dedi Shoakram Isroilov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:22, 18.04.2018.
O'qildi: 4265 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик