Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Umid Ahmadjonov: Muborak Ramazon oyida futbol muxlislari uchun yengilliklar yaratishga harakat qilamiz"

Umid Ahmadjonov: Muborak Ramazon oyida futbol muxlislari uchun yengilliklar yaratishga harakat qilamiz"

Baho:
+ | -

Millionlab o‘zbekistonliklar orziqib kutayotgan muborak Ramazon oyiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqadi.

“Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to‘xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o‘zimizni ham xursand qiladi”, — dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov. — “Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Ya’ni, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo‘yiladiki, taymlarning tugashi og‘iz ochish vaqtiga yo‘l ochib beradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o‘z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”.

Bungacha Professional futbol ligasi o‘yinlarning ish vaqtida boshlanmasligiga ahamiyat berib kelayotgandi. 8-turdan boshlab esa ayrim o‘yinlar vaqti havoning isishi sabab biroz kechiktiriladi. Shuningdek, har to‘rt yilda bir bor o‘tadigan Jahon Chempionati vaqtida esa Superliga klublari ta’tilga chiqib ketadi. Ya’ni, mundial havosidan nafas olishni istagan futbol muxlislarining e’tibori ikkiga bo‘linib qolmaydi.

“Superligada 12 ta klub bo‘lsa, ular mamlakatning turli burchaklaridan. Demak, PFL har bir viloyatda iftorlik vaqti soat nechaga to‘g‘ri kelayotganiga e’tibor qaratishi kerak. Chunki respublikaning g‘arbiy va sharqiy mintaqalarida og‘iz ochish farqi deyarli 1 soatni tashkil qilishi ham mumkin. PFL rahbariyatiga hozircha Superliga borasida topshiriq berildi. Pro-Liga klublarining saviyasini 2—3 yilda ko‘tarib olsak, bunday masalalar ularni ham cheklab o‘tmaydi”, — deb fikrini davom ettirdi Umid Ahmadjonov.

“Ramazon oyida yurtdoshlarimiz, shuningdek, taroveh namozlariga ham shoshiladi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlarning tugash vaqtini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Muhimi — muborak oy davomida futbol muxlislari o‘z farzlarini bemalol ado etish barobarida, stadionlarga kelishda ham davom etishsin. Futbol hammamiz uchun bayramdek o‘tishi kerak”.

“Shu bilan birga tadbirkorlarimiz ham bunday vaqtda o‘zlarini ko‘rsatishlarini istardim. Stadionlarda og‘iz ochish niyatida bo‘lgan minglab odamlar bo‘ladi. Demak, ularga yeguliklar, ichimliklar olib kelish ham savobli ish, ham cho‘ntakka biroz bo‘lsa ham foyda bo‘lishi mumkin. O‘FA hamda Ichki ishlar vazirligi o‘zaro samimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yganimizdan kelib chiqsak, ro‘zadorlar uchun mana shunday xizmatlarni ko‘rsatish istagida bo‘lganlar uchun barcha stadionlar o‘z eshiklarini ochib beradi. O‘FA esa bosqichma-bosqich stadionlarimizda mana shunday xizmatlar uzluksiz yo‘lga qo‘yilishi ustida ish olib boradi”, — deydi Umid Muhammadjonovich O‘FA hamda PFL rahbariyati bilan yig‘ilish vaqtida.

Ma’lumot uchun, Ramazon oyi vaqtida Superliganing 12, 13, 14, 15-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi bo‘lib o‘tadi. PFL mana shu turlarga o‘yinlar vaqtini Diniy qo‘mita tomonidan e’lon qilinadigan Ramazon taqvimidan kelib chiqib belgilaydi. Bu borada biror-bir o‘zgarishlar bo‘lsa, muxlislarga ma’lumot beriladi. Shuningdek, ularning fikr va mulohazalari o‘rinli bo‘lsa, ular ham imkon qadar ko‘rib chiqiladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:28, 19.04.2018.
O'qildi: 2521 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.