Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker mavsum oxirida “Arsenal”dan ketishini ma’lum qilgan Arsen Vengerga minnatdorlik bildirdi.
“Venger mavsum oxirida “Arsenal”dan ketadi. U hayotining katta qismini shu klubga bag‘ishladi. Venger “Arsenal”ga omad olib keldi. Hammasi uchun rahmat, janob Venger”, deb yozdi Lineker tvitterdagi sahifasida.