Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga: Hisob o‘z yo‘liga, muxlislar chindan ham madaniy dam olishyapti

Superliga: Hisob o‘z yo‘liga, muxlislar chindan ham madaniy dam olishyapti

Baho:
+ | -

Superliganing 7-tur doirasidagi 2-kunning so‘nggi o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida “Neftchi” jamoasini qabul qilgan “Qizilqum” jamoasi uchrashuvning boshidayoq Giorgi Kvesiyeshvili tomonidan kiritilgan yagona gol tufayli mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Bu o‘yindan ikki soat oldin start olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi bahs ham keskin va shiddatligi bo‘yicha boshqalardan ajralib turdi. Bu o‘yinda ham kechagi “Buxoro” – AGMK kabi, maydon egalari yutqazib turib, yakunda irodalari mustahkam ekanligini isbotladilar – ikkinchi bo‘limda raqiblar darvozasini ikki bor nishonga olib, g‘alaba qozondilar.

E’tiborli jihati, har ikkala o‘yinda ham mezbonlar muvaffaqiyatga erishib, muxlislarini xursand etishdi. Biroq, uchrashuvning hisobidan qat’iy nazar har ikkala shahar stadionlarida klub mutasaddilari muxlislarga shu qadar sharoit yaratib berishdiki, bunachasi o‘zbek futboli tarixida hali yuz bermagandi.

Aytaylik, Namanganning “Markaziy” stadionini to‘ldirib o‘tirishi ko‘zda tutilgan tomoshabinlarning deyarli bariga klub ramzlari tushirilgan futbolkalarni sovg‘a tariqasida taqdim etdi. Bundan tashqari, stadionda muxlislarning yengil tamaddi qilishlari, sport do‘konidan klubga tegishli bo‘lgan sport  kiyimlari, anjomlari harid qilish uchun sharoitlar yaratib berdi.   

Navoiyda esa “Yoshlik” sport majmuasi shu bugun chinakam bayram tusini oldi. Klub tashabbusi va tadbirkorlarning sa’y-harakatlari bilan stadion atrofida katta-kichik yoshdagi tomoshabinlarning madaniy dam olishlari uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Bularning bari kelgusida ham yanada muxlislarning stadionlarga tashrifi ortib borishi yo‘lida qilinayotgan amaliy ish ekanligi ayon...

7-tur

“NAVBAHOR” – “BUNYODKOR” - 2:1 (0:1)

20 aprel Namangan shahri. “Markaziy” stadion. 21600 tomoshabin.   

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘’monov (Sardor Sulaymonov, 57), Azizbek Turg‘unboyev, Nenad Inyas (Behruz Sa’dilloyev, 89), Mirzohid G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Zohir Pirimov, 46), Darko Stanoyevich.

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov (Islom Qobilov, 41), Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 78), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 64),

Gollar: N.Inyas (58) – J.Mehmonov (90+4).  

Ogohlantirishlar: O.O‘runov (48), N.Inyas (59), M.G‘ofurov (63), J.Mehmonov (79) - A.Komilov (33),  M.Sulaymonov (70), F.Rayevas (90+4), A.G‘ofurov (o‘yindan so‘ng). 

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

Komissar –  Ma’mur Saidqosimov.

 

“QIZILQUM” – “NEFTCHI” - 1:0 (1:0).

20 aprel. Navoiy shahri. “Yoshlar” sport majmuasi o‘yingohi. 11450 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Andrey Snetkov (YAngiyo‘l), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.).

“Qizilqum”: Evegeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Alisher Sanoyev (Mirjalol Qosimov, 59), Doniyor Usmonov (Elguja Grigalashvili, 79), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali  Jo‘rayev, Andrey Sidorov (Samandar Shodmonov, 46), Nemanya Yovanovich.

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Sunnatilla Ermatov, Abbosbek Maxstaliyev, Abdul Aziz Yusupov (Anvar Berdiyev, 78), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Husniddin G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Murodbek Bobojonov, 61), Avaz Agaliyev.

Gol: G.Kvesiyeshvili (5).

Ogohlantirishlar: M.Ubaydullayev (10), A.Sidorov (41) – A.Abdulhaqov (18), SH.Po‘latov (25), H.G‘ofurov (90+2).

Nazoratchi - Oleg Dachev.

Komissar - Aleksey Frolov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 01:37, 21.04.2018.
O'qildi: 4226 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.