Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga: Muxlislar uchun stadionlarda qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda

Superliga: Muxlislar uchun stadionlarda qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Superliga 7-turidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga kelgan muxlislar katta zavq olishdi.

Stadionlarda muxlislarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha O‘FA va PFL rahbariyati tomonidan klublarga qat’iy topshiriq berilgan bo‘lib, Superliga jamoalari bu topshiriqlarni bajarish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Namangandagi stadionda kecha muxlislar o‘yindan oldin muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a qilingan 22 ming futbolkalarni qabul qilib olishdi. Bundan tashqari stadionda muxlislarning yengil tamaddi qilishlari, sport do‘konidan klubga tegishli bo‘lgan turli anjomlari xarid qilishlari uchun ularga sharoitlar yaratib berildi.

Navoiyda esa “Yoshlik” sport majmuasi chinakam bayram tusini oldi. Klub tashabbusi va tadbirkorlarning sa’y-harakatlari bilan stadion atrofida katta-kichik yoshdagi tomoshabinlarning madaniy dam olishlari uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Turli attraksionlar o‘yindan oldin nafaqat yosh bolakaylarni, balki katta yoshdagi muxlislarni ham vaqtlarini chog‘ o‘tkazishga katta yordam berdi. Bu kabi chora-tadbirlar stadionga tashrif buyuradigan muxlislarning soni yanada oshib borishiga xizmat qilishi aniq.

7-tur
“NAVBAHOR” – “BUNYODKOR” - 2:1 (0:1)
20 aprel Namangan shahri. “Markaziy” stadion. 21600 tomoshabin. 
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent).

"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O‘runov, Ayubxon No‘’monov (Sardor Sulaymonov, 57), Azizbek Turg‘unboyev, Nenad Inyas (Behruz Sa’dilloyev, 89), Mirzohid G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Zohir Pirimov, 46), Darko Stanoyevich.

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Rustam Ashurmatov (Islom Qobilov, 41), Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Filip Rayevas, 78), Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 64),

Gollar: N.Inyas (58) – J.Mehmonov (90+4).

Ogohlantirishlar: O.O‘runov (48), N.Inyas (59), M.G‘ofurov (63), J.Mehmonov (79) - A.Komilov (33), M.Sulaymonov (70), F.Rayevas (90+4), A.G‘ofurov (o‘yindan so‘ng). 
Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).
Komissar – Ma’mur Saidqosimov.

“QIZILQUM” – “NEFTCHI” - 1:0 (1:0).

20 aprel. Navoiy shahri. “Yoshlar” sport majmuasi o‘yingohi. 11450 tomoshabin.
Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Andrey Snetkov (YAngiyo‘l), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.).

“Qizilqum”: Yevegeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Giorgi Kvesiyeshvili, Alisher Sanoyev (Mirjalol Qosimov, 59), Doniyor Usmonov (Elguja Grigalashvili, 79), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Andrey Sidorov (Samandar Shodmonov, 46), Nemanya Yovanovich.

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Sunnatilla Ermatov, Abbosbek Maxstaliyev, Abdul Aziz Yusupov (Anvar Berdiyev, 78), Abrorbek Ismoilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Husniddin G‘ofurov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Murodbek Bobojonov, 61), Avaz Agaliyev.

Gol: G.Kvesiyeshvili (5).

Ogohlantirishlar: M.Ubaydullayev (10), A.Sidorov (41) – A.Abdulhaqov (18), SH.Po‘latov (25), H.G‘ofurov (90+2).

Nazoratchi - Oleg Dachev.

Komissar - Aleksey Frolov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:36, 21.04.2018.
O'qildi: 2170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.