Ma’lumki Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi 19 aprel Superliga 7-tur doirasida AGMK jamoasini qabul qildi va 4:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Buxoroliklarning navbatdagi raqibi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bo‘lib, ayni damda qisqa bir kunlik ta’tildan so‘ng jamoa futbolchilari navoiyliklarga qarshi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan.
“Buxoro” - “Qizilqum” uchrashuvi 24 aprel kuni Buxoro sport majmuasida soat 20:00 da boshlanadi.
“Buxoro” PFK matbuot xizmati