Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. Qo‘qondagi o‘yinda nursiz durang qayd etildi

Superliga. Qo‘qondagi o‘yinda nursiz durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Turning markaziy o‘yinlardan biri sifatida e’tirof etilgan mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi.

“Nasaf” shu kunga qadar mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib kelayotgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” o‘z maydonidagi birinchi o‘yinda g‘alaba qozongandi. O‘yindan oldin “Markaziy” stadioniga yig‘ilgan muxlislar uchun konsert dasturi taqdim etildi. Xalqimizning sevimli xonandalari - Ulug‘bek Rahmatullayev va Shahzoda muxlislarni o‘zlarining qo‘shiqlari bilan xursand etishdi.

Uchrashuv mezbonlarning faolligi bilan boshlandi. 11-daqiqada jarima zarbasiga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912”da gol urish uchun qulay imkoniyat bo‘lgan edi. “Nasaf” himoyachisi epchillik qilgan holda xavfni bartaraf etdi.

14-daqiqada qanotdan oshirib bergan to‘pni Suhrob Berdiyev boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Zarabaga biroz aniqlik yetishmadi.

21-daqiqada Berdiyevning chalqancha uslubda bergan zarbasi muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Biroq zarbaga aniqlik yetishmadi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida har ikki jamoa vakillari bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo o‘yinning birinchi qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. 

Ikkinchi taym teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalardan mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan esa ustunlik sekin-asta yana “Qo‘qon-1912” tomoniga o‘ta boshladi. Ana shunday hujumlarning birida Quvondiq Ro‘ziyevning zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

72-daqiqada hujumlarni keskinlantirish maqsadida Nosir Otaqo‘ziyev maydonga tushirildi. Shundan keyin mezbonlarning hujumlari shiddatli ko‘rinish ola boshladi. Ammo hujumlarning yakuni samarasiz yakunlanaverdi.

85-daqiqada Darko Gojkovich jarohat olib maydonni tark etdi. 87-daqiqada mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Yusupovning qo‘liga tekkan to‘p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.

Shu tariqa, Qo‘qondagi o‘yinda nursiz durang qayd etildi. “Qo‘qon-1912”ning to‘plagan ochkosi esa 9 taga yetdi. “Nasaf”ning ochkolari bugungi durangdan so‘ng 13 taga yetdi va 4-o‘rinni saqlab qoldi.

Superliga, 7-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 0:0.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Jamshid Hasanov (96. Muhammadanas Hasanov-82), 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 18. Bahodir Pardayev (9. Nosir Otaqo‘ziyev-72), 19.Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich (95. Milan Spremo-86), 65. Marko Milich.

“Nasaf”: 35. Sanjar Quvvatov, 4. Maqsud Karimov, 6. Aziz G‘aniyev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Bobur Abduxoliqov, 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov (20. Islom Kenjaboyev-78), 31. Saydullo Rahmatov, 55. Slavko Lukich, 77. Jasur Hasanov, 92. Umar Eshmurodov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:08, 21.04.2018.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.