Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Dinamo» – «Xo‘jand»: Do‘stlik g‘alaba qilgan o‘yin

«Dinamo» – «Xo‘jand»: Do‘stlik g‘alaba qilgan o‘yin

Baho:
+ | -

Samarqandda katta futbol bayrami o‘tkazildi. “Dinamo” jamoasi Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat prezidentlarining bir qator qaror va kelishuvlarning amaliy davomi sifatida Samarqand va Tojikistonning Sug‘d viloyati hokimiyatlarining hamkorlik va o‘zaro kelishuvlariga muvofiq, Samarqandda 20-21 aprel kunlari ikki viloyat o‘rtasida biznes-forum, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi, madaniy dastur va futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

“Dinamo” – “Xo‘jand” uchrashuvidan oldin stadionda keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari olib borilib, yangi zamonaviy raqamli tablo o‘rnatildi, yoritgichlar, o‘rindiqlar yangilandi. O‘yin boshlanishiga ikki soat qolganida “Dinamo” stadioni tomoshabinlar bilan liq to‘lib, minglab muxlislar o‘yingoh tashqarisida qolib ketishdi. O‘yinga qo‘shni Tojikistondan ham katta delegasiya yetib kelgan edi, stadionda ikki davlat bayroqlari hilpirab turdi.

O‘yindan oldin har ikki davlat madhiyalari yangragach, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va Sug‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda rasmiy tarzda to‘pni o‘yinga kiritib berishdi.

Ajoyib futbol atmosferasida boshlangan uchrashuvda dastlab mehmonlar ikki to‘p kiritgan bo‘lishsa, mezbonlar ikkinchi bo‘limda muvozanatni tiklashdi. Ikki mamlakat, xususan ikki viloyatning katta tadbirlari davomida bayramona bayramona o‘tgan bahsda do‘stlik g‘alaba qozondi – 2:2.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

20 aprel (juma)

“DINAMO” – “XO‘JAND” – 2:2

Samarqand, 13 250 tomoshabin.

Gollar: Temur Ablyamitov 40, Damir Temirov 65 (pen.) - Farxod Toxirov 15, Xojiboy Ziyoyev 35.

«Dinamo»: Rustam Toshturdiyev, Hakimxon A’lamxonov, Humoyun Tolibov, Azizbek Suyunov, Daler Almosjonov, Damir Temirov, Otabek Rajabov, Damir Jabborov, Temur Ablyametov, Asadbek Tolibov, Mexroj Xudoyberdiyev.

«Xo‘jand»: Aleksey Matrosov, Sohib Hakimov, Firdavs Chakalov, Me’roj Sharifzoda, Xurshed Beknazarov, Abdusamad Xo‘jaboyev, Furqat Hasanboyev, Dilshod Karimov, Damir Azimov, Dilshod Bozorov, Farxod Toxirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Dodaboyev, Baxtiyor Choriyev, Manuchexr Axmedov, Xojiboy Ziyoyev, Jahongir Ergashev.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 00:21, 22.04.2018.
O'qildi: 2819 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.