"Arsenal" klubi Arsen Vengerning o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirishda faol ishlar olib bormoqda
"Kanonirlar" "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike bilan muzokaralar olib bordilar. "Arsenal"da ispaniyalik murabbiyni ko‘rish istagidan bo‘lgan londonliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi, ammo Luis Enrike "kanonirlar"ni cho‘chitmoqda.
The Independent xabariga ko‘ra, Enrike "Arsenal"dan Arsen Venger hozir olayotgan maoshni talab qilgan. Klubdagilar bunday talabni nojoiz hisoblamoqdalar.
Arsen haftasiga 182 ming yevro ishlab topmoqda. Bu APLda 4-ko‘rsatkich.
Enrike "Barselona"ni 2014-17 yillarda boshqargan va "Oltin trebl"ga erishgan.
Venger "Arsenal"da 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. U "kanonirlar" bilan uch marta APLda chempion bo‘lgan, 7 marta Angliya kubogini qo‘lga kiritgan va 7 marta Angliya liagsi kubogi sohibi bo‘lgan.