Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev yana raqiblarini nokautga uchratdi (video)

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev yana raqiblarini nokautga uchratdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

22 aprel kuni Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlar professional boksdagi ikkinchi janglarini o‘tkazdi. Har ikki jang Bruklindagi Kings Theatre arenasida bo‘lib o‘tdi.
 
Buxorolik bokschi Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbikga qarshi o‘tkazdi. Jang olti raund davom etdi. Shahram ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi. Shu tariqa, u professional boksdagi ikkinchiga g‘alabasini tantana qildi.

Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi jangida argentinalik Karlos Gaston Suaresga qarshi ringga chiqdi. Jangning 6-raundida Ahmadaliyevning raqibi nokautga uchradi. Shu tariqa, Ahmadaliyev ham ikkinchi jangini muddatidan avval nokaut bilan yakunladi.

Ma’lumot o‘rnida, Shahram G‘iyosovning raqibi Gabor Gorbik bungacha 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan. 14 nokaut. 10 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. 4 nokaut. Shahram professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

Ahmadaliyevning raqibi Karlos Gaston Suares bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 jangda (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.​ Murodjon Shahram kabi 10 mart kuni professional ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 00:05, 23.04.2018.
O'qildi: 8574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.