Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks - Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal - Qayrat
29/01 01:00 Monako - Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao - Sporting
29/01 01:00 Atletiko - Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer - Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D - Inter
29/01 01:00 Bryugge - Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F - Tottenhem
29/01 01:00 Barselona - Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul - Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti - Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos - Slaviya
29/01 01:00 PSJ - Nyukasl
29/01 01:00 PSV - Bavariya
29/01 01:00 Benfika - Real Madrid
29/01 01:00 Napoli - Chelsi
29/01 01:00 Yunion - Atalanta

Jahon chempionlari endi “Lokomotiv” libosida harakat qilishadi

Jahon chempionlari endi “Lokomotiv” libosida harakat qilishadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon bo‘yicha yetakchi jamoalardan biri sanaladi. Buni ushbu terma jamoa qayd etayotgan natijalar ham ko‘rsatib turibdi.

Mazkur terma jamoa yaqindagina 18 yoshgacha bo‘lgan zaif eshituvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqandi. Qolaversa, ushbu jamoamiz Osiyo chempionatida ham 3-o‘rinni band etishga muvaffaq bo‘lgandi. Endilikda zaif eshituvchilar terma jamoamiz Janubiy Koreyada o‘tadigan qit’a birinchiligiga hozirlik ko‘rmoqda.

Turli xil ijtimoiy loyihalar amalga oshirishda ancha faol bo‘lgan “Lokomotiv” professional futbol klubi zaif eshituvchilar jamoasi bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda ushbu jamoa “Lokomotiv” PFK nomidan Toshkent shahar havaskorlar futbol ligasida ishtirok etmoqda. “Lokomotiv” jamoaning barcha a’zolarini to‘liq ekipirovka hamda sport anjomlari bilan ta’minladi. Qolaversa, jamoaning mashg‘ulotlar o‘tkazishi va o‘yinlarga puxta tayyorgarlik olib borishi uchun sport zali ham ajratdi.

Kuni kecha “Lokomotiv” stadionida zaif eshituvchilar jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda klub rahbariyati hamda zaif eshituvchilar jamoasining ekipirovka bilan ta’minlanishida o‘z yordamini ayamagan Elmakon kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida “Lokomotiv” PFK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov so‘zga chiqib, zaif eshituvchilar jamoasi bilan yaqin aloqalar hali uzoq davom etishini bildirdi:

– O‘zbekistonlik zaif eshituvchilar jamoasi butun jahonda o‘z obro‘siga ega. Ushbu jamoa hamisha o‘zi qatnashadigan musobaqalarda yuqori o‘rinlarni band etadi. Biz bunday ajoyib jamoaning klubimiz nomidan shahar havaskorlar ligasida ishtirok etayotganidan mamnunmiz. Ushbu jamoaga qanday yordam zarur bo‘lsa, uni ko‘rsatishga doim tayyormiz, – dedi.

Ta’kidlab o‘tamiz, 4-marta o‘tkazladigan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi chempionatida O‘zbekiston zaif eshituvchilar jamoasi ham ishtirok etadi. Musobaqa ertadan start oladi va 6 maygacha davom etadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:38, 23.04.2018.
O'qildi: 7765 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.