Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

YECHL. Muhammad Saloh «bo‘ri»ni «bo‘g‘izladi», ammo «Roma» o‘lmadi

YECHL. Muhammad Saloh «bo‘ri»ni «bo‘g‘izladi», ammo «Roma» o‘lmadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yindan oldin "Roma" vakillari dadil fikr bildirishgandi: "Messi boshchiligidagi "Barselona"ni to‘xtatdik, Salohning "Liverpul"ini qanday yengishni bilamiz".

Bahsning dastlabki 30 daqiqasi rimliklar ustunligi ostida o‘tdi. Ular ko‘proq hujum uyushtirishdi, gol urishni istashdi. "Roma" o‘z maqsadiga yetishi mumkin edi, ammo Kolarov olis masofadan yo‘llagan zarba "Liverpul" posbonining qo‘li orqali to‘singa tegib qaytdi.

Aynan ilk yarim soatdan keyin mersisaydliklar "qutura" boshladi. Rimliklar to‘xtatishi kerak bo‘lgan Salohga imkoniyat berib qo‘yildi.  Muhammad uchrashuvning 36-daqiqasida 15 metrlardan chap oyoqda aylanma zarba bilan to‘pni "Roma" darvozasining naq "to‘qqizligi"ga "mixlab" qo‘ydi! Saloh bu golni katta xursandchilik bilan nishonlamadi.

U keyingi golda ham sobiq jamoasiga nisbatan hurmatni saqladi. Birinchi bo‘lim tugashi arafasida mirslik futbolchi raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni uning ustidan oshirib qo‘ydi — 2:0!

Saloh bu bilan cheklanib qolmadi. U ikkinchi bo‘limda jamoasining keyingi ikkita goliga assistentlik qildi. Har safar u chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi hamda, dastlab Manega, keyin esa Firminoga golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchilar Salohning uzatmalarini ko‘kka sovurishmadi.

Faqatgina beshinchi golda Saloh ishtirok etmadi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Roberto Firmino hujumchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi — 5:0.

Ushbu goldan keyin Klopp jamoa yetakchisi Muhammad Salohni keyingi o‘yinlar uchun saqlash qaror qildi shekilli, uni zaxiraga oldi. Shundan keyin "chalajon" holatdagi "bo‘rilar" ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 9 daqiqa qolganida Nainggolan jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berdi. Himoyachilar uzatmani qaytara olishmadi, Jeko esa to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysindirdi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi: Nainggolan yo‘llagan zarba natijasida to‘p Milnerning qo‘liga tegdi. Diyego Perotti davrozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

5:2. Javob bahsida 2 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi. "Roma" chorak finalda 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan chiqib ketdi. Bu safar "Liverpul" bunga yo‘l qo‘yarmikan? Ko‘ramiz.

YECHL, yarim final, dastlabki o‘yin
Liverpul Angliya – Roma Italiya 5:2 (2:0)
Gollar: 1:0 – 35 Saloh, 2:0 – 45 Saloh, 3:0 – 56 Mane, 4:0 – 61 Firmino, 5:0 – 68 Firmino, 5:1 – 81 Jeko, 5:2 – 85, penalti Perotti.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino (Klavan, 90), Oksleyd-CHemberlen (Veynaldum, 18), Saloh (Ingz, 75), Milner, Mane, Xenderson.
Roma – Alisson, Manolas, Jezus (Perotti, 67), Kolarov, Fasio, Strotman, Florensi, Under (SHik, 46), de Rossi (Gonalon, 67), Nainggolan, Jeko.
Ogohlantirishlar: Jezus (26), Aleksander-Arnold (39), Lovren (74), Xenderson (85), Fasio (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:36, 25.04.2018.
O'qildi: 13842 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz