Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Super boshlangan superligadagi eng yaxshi o‘yinchilar. Top-7

Super boshlangan superligadagi eng yaxshi o‘yinchilar. Top-7

Baho:
+2 | -1

Kim o‘ylabdi deysiz, bunaqangi keskinlik, bunaqangi shiddatli matchlarni superliga bizga taqdim etadi deb. To‘g‘risi, bu haqida maqola yozishimga Internet sahifalaridagi “Navbahor” - “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng ishlangan maxsus videorolik turtki bo‘ldi. Bugun baholi qudrat Superliganing o‘tgan yetti turidagi eng xavfli, hujumkor o‘yinchilari Top yettiligini taqdim etamiz. Marhamat!

7-o‘rin. Elguja GRIGALASHVILI
“Qizilqum” o‘yinchisi Grigalashvili o‘zining noodatiy hujumkorligi bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tusha oldi. U bu mavsumda xet-trik qayd etishga ham ulgurgani bunga misol. Jamoasining unchalar ham ishi yurishmayotganiga qaramasdan, u jamoada yo‘qolib qolmayapti. O‘ylashimizcha, bu yigit mavsum mobaynida hali “Qizilqum” muxlislarini ko‘p bor xursand qila oladi.

6-o‘rin. Sardor SOBIRXO‘JAYEV
Sardor o‘zining aqlli o‘yin ko‘rsatishi bilan boshqa markaziy yarim himoyachilardan biroz farq qiladi. Mirjalol Qosimov undan shunday foydalanmoqdaki, Sardor bu mavsumda bir necha bor gollarga asistentlik qilishga ulgurdi. U uncha yuqori bo‘lmagan tezlik bilan ham maydonda ancha-muncha narsalarga ulgurayotgani taxsinga sazovor. Undan yana gol+paslar kutib qolamiz!

5–o‘rin. Aziz IBRAGIMOV
Ulug‘bek Baqoyevning “joker qartasi” sifatida bu mavsumda namoyon bo‘layotgan iqtidorli hujumchi Aziz Ibragimovning tajribasi ulkan. U xorijiy chempionatlarda ham o‘zini ko‘rsata olgan edi. Endi yurtimiz ichki chempionatida ham chakki ko‘rinmayapti. U jamoasining so‘nggi daqiqalardagi juda ko‘p gollarida faol ishtirok etmoqda.

4-o‘rin. Suhrob NURULLOYEV
“Metallurg” jamoasing 7-raqamli o‘yinchisi bu mavsumda katta tezlik egasi ekanligini ko‘rsata oldi. Ayniqsa, “Nasaf” darvozasiga urgan goli bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Metallurg” hozircha Superligada chaqilmas yong‘oqdek ko‘rinyapti. O‘ylaymizki, mavsum oxirigacha shunday bo‘lib qoladi.

3-o‘rin. Arslonmurod AMONOV
“Buxoro” jamoasining o‘ziga xos “dinamidi” bo‘layotgan o‘yinchi nafaqat gollari bilan, balki ajoyib passlari bilan ham hammani o‘ziga qarata olmoqda. U “Buxoro” jamoasida o‘z o‘yinini to‘liq ko‘rsatmoqda. Mavsumdagi AGMKga qarshi “super kambek”da ham uning hissasi katta edi. Arslonmurod shu ketishda hademay poytaxt jamoalari qiziqishi doirasiga tushib qolsa ham ajab emas.

2-o‘rin. Javlon IBROHIMOV
“Bunyodkor”ning yana bir foydali yarim himoyachisi. U tayanch zonasida harakatlanishiga qaramasdan bu mavsum bir nechta gollarni urishga erishdi. ”Bunyodkor”ning ishonchli o‘yinlarida hamda “qaldirg‘ochlar” turnir jadvalini boshqarib borishida Javlonning hissasi katta. U raqib hujumini ustalik bilan buzib, jamaosining hujumlarini boshlamoqda. Bunday yarim himoyachilar zamonaviy futbolda juda defisit.

1-o‘rin. Aziz TURG‘UNBOYEV
Bu yigitcha hozirda ichki chempionatimizda, e qo‘yingki, O‘zbekistondagi eng iqtidorli futbolchi deb hisoblanmoqda. Uning o‘yinlaridan odam zavq olayapti. Ayniqsa, Namangandagi uy uchrashuvlarida u umuman boshqacha harakatlanmoqda. Maydonda istaganini amalga oshirmoqda. Qanotlardan markazga yorib o‘tmoqda, markazda bo‘lsa qisqa masofada bir necha o‘yinchilarni aldab o‘tib ketmoqda. Hatto uning o‘yinlarini Mirjalol Qosimov ham bejiz alohida qayd etmadi. Aziz hozirgi kunda Superligadagi eng foydali o‘yinchi bo‘lmoqda. Shunday ishlashda davom etsa, hademay Milliy terma jamoada xam debyut qilsa ajab emas. Undan faqat bitta narsani iltimos qilardik. Ishlashda to‘xtab qolma, Aziz. Sendan umidlarimiz katta.

Bu shunchaki reyting, xolos. Buni tuzishdan asosiy maqsadimiz 0151 Superliga o‘yinlariga qiziqishni ozgina bo‘lsa ham ko‘paytirish. Agar bu ketish bo‘lsa, tez orada bizning chempionatimizga reklama ham kerak bo‘lmay qoladi. Chunki muxlislar bunday shiddatli va keskin o‘yinlarni stadiondami, TV qarshisidami, internetdami farqi yo‘q, maza qilib tomosha qilishmoqda. Superliganing o‘ziga yarasha O‘zbekiston futboli uchun foydali tomonlari juda ko‘p. Eng asosiysi esa baribir terma jamoa uchun kadr tayyorlash. Hozirgi o‘zbek futboli har doimgidanda ko‘proq yangi yulduzlarga muhtoj. Biz sendan yulduzlarni kutib qolamiz, Superliga!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:14, 25.04.2018.
O'qildi: 6886 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик