Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga: «Paxtakor» o‘z maydonida «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Superliga: «Paxtakor» o‘z maydonida «Navbahor»ni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Superliga 8-turi doirasidagi «Paxtakor» hamda «Navbahor» o‘rtasidagi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi.

Uchrashuv kutilganidek qiziqarli ssenari ostida kechdi. Startda namanganliklar ancha faol bo‘ldi va ketma-ket hujumlar uyushtirib bir-qator vaziyatga ega bo‘lishdi, ammo gol urish nasib etmadi.

Keyinchalik mezbonlar sekin-asta o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga olib, hujumlar sonini oshirishdi. Mehmonlar esa keyingi daqiqalarni asosan himoyaga e’tiborni qaratib, qarshi hujumlarda o‘ynashdi.

Biroq jamoalar har qancha urinishmasin uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limni ham «Navbahor» hujumkor tarzda boshladi Namangandan tashrif buyurgan taxminan 2000ga yaqin muxlislar suyuklilarini safar bellashuvida ham yolg‘iz qoldirishmadi.

Keyingi daqiqalar esa jamoalarning galma-galdan uyutirilgan hujumlari ostida o‘tdi. To‘p nazorati bo‘yicha esa «Paxtakor» biroz ustunlikni qo‘lga oldi.

Nihoyat, 77-daqiqaga kelib hisob ochildi. Bu vaziyatda Jaloliddin Masharipov qanotdan yorib kirgan holda to‘pni Tiago Bezerraga yetkazdi. Braziliyalik futbolchi esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Mazkur goldan so‘ng namanganliklar tarkibida bir-nechta o‘zgarishlar bo‘ldi va hisobni tenglashtirish uchun ko‘p harakat qilishdi ammo so‘nggi pallalarda hujumni yakunlay oladigan futbolchi topilmadi.

1:0 «sherlar» qiyin bahsda o‘z hisobidagi ochkolari sonini 3taga oshirib olishdi.

SUPERLIGA. 8-TUR

«PAXTAKOR» – «NAVBAHOR» – 1:0 (0:0)

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), X.SHodmonov (Toshkent), A.Burov (Buxoro), F.YAnsupov (Toshkent).

Nazoratchi – S.Zaylobiddinov (Farg‘ona).

Komissar – R.CHernikov.

Gol: Tiago Bezerra 77, - 1:0 (Jaloliddin Masharipov)

«Paxtakor»: Eldor Suyunov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A’zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Rostin Griffits, 90+2), Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 82), Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh.

«Navbahor»: Akbar To‘rayev, Oston O‘runov (Dilshod Jabborov, 81), Azizbek Turg‘unboyev, Zohir Pirimov (Behruz Sadilloyev, 80), Azamat Allaniyozov (Sardor Sulaymonov, 64), Mirzohid G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich, Darko Stanoyevich.

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (72), Bahrom Abdurahimov (87), Marko Simich (90) – Tomislav Payovich (72), Jahongir Mehmonov (74), Dilshod Jabborov (81), Mirzohid G‘ofurov 86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:40, 25.04.2018.
O'qildi: 4432 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.