Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Fotogalereya: agar «Sevilya» bu tarkibini saqlab qolganida...

Fotogalereya: agar «Sevilya» bu tarkibini saqlab qolganida...

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali juftliklariga nazar solib, ko‘pchilik «Bavariya»ning «Sevilya» to‘sig‘idan osongina o‘tishini taxmin qilgandi.

Ha, Germaniya grandi kutilganidan, yarim finalga chiqdi, ammo Andalusiya jamoasi ortda qolgan uchrashuvlarda yaqqol autsayder rolini bajarmagani ham ayni haqiqat. Har holda, se-vilyaliklar o‘z maydonlaridagi 1:2 hisobidan keyin Myunxenda durang qayd etishdi - 0:0.

Soccer.ru sayti shu natijalarga nazar solib, qiziq savolni o‘rtaga tashladi: agar andalusiyaliklar eng yaxshi futbolchilari bilan erta xayrlashmaganlarida, nima bo‘lardi?

Ochig‘i, bunday taqdirda «Sevilya» hattoki, CHL bosh sovriniga ham bemalol jiddiy da’vogarlik qila olardi.

Xullas, rossiyalik hamkasblarimiz o‘ziga xos eksperimentga qo‘l urib, «qizil-oq» tusli futbolkada to‘p surgan va surayotgan o‘yinchilardan yaxlit tarkib shakllantirishdi...

Darvozabon: Serxio RIKO (Ispaniya, 24 yosh). «Sevilya»da: 2014-...

Klub tarbiyalanuvchisi. «Sevilya» tizimiga 2006 yili qo‘shilgan Riko tobora ishonchli o‘ynamoqda. Andalusiyaliklar mavsum-2013|2014dan buyon asosiy jamoa darvozasini qo‘riqlayotgan 24 yoshli kiperni sotishga shoshilmayaptilar. Chunki unda hali yanada o‘sish imkoniyati bor.

Umuman, «Sevilya» darvozabonlarni yaxshi pullagani bilan uncha maqtanolmaydi. Ha, klub vaqtida Diyego Lopesni «Real»ga qo‘yib yuborgan, ma’lum vaqt birinchi raqamli kiper rolini bajargan Antoniu Betuni o‘z tarkibida olib qololmagan.

Ammo ayni holatda jamoani Serxio Rikosiz tasavvur qilish qiyin. Agar bosh murabbiy Vinchenso Montella uni «Sevilya»ning qaysidir sobiq darvozaboni bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, bundan foydalanmasa kerak.

Himoyachi: Dani ALVESH (Braziliya, 34 yosh). «Sevilya»da: 2003-2008

Shunday taassurot borki, Dani Alvesh futbol olamida boshidan yuqori saviyasini namoyish etgan. U «Sevilya»dan 10 yilcha oldin ketgandi.

Keyin «Barselona»da faoliyatining eng qoyilmaqom davrini o‘tkazdi, «Yuventus»da hali qo‘lidan ko‘p narsa kelishini isbotladi va endi «PSJ»da ham «yo‘qolib» qolayotgani yo‘q.

Ha, braziliyalik qanot vakili «qari»likni hali tan olmoqchi emas. Ko‘plab ampluadoshlari unga chinakamiga havas qilsalar bo‘ladi. Bunday shiddatli «o‘ng qanot» Ispaniya janubidagi jamoa salohiyatini sezilarli darajada oshirardi, albatta.

Himoyachi: Kleman LENGLE (Fransiya, 22 yosh). «Sevilya»da: 2017-...

Hozirgi «Sevilya» oxirgi 60 yil badaliga ilk marta Yevropaning kuchli 8ta klubi qatoriga kirdi. Shuning uchun Vinchenso Monnellaning amaldagi shogirdlariga alohida yondashish kerak, baribir. Fransiyalik yosh himoyachi «Ramon Sanches Pisxuan» egasi safiga o‘tgan yili yozda qo‘shildi.

Andalusiyaliklar uning uchun «Nansi»ga 5,4 mln. yevro to‘lashgandi. Mana, qisqa vaqtda futbolchining transfer narxi bir necha marotaba ko‘tarildi.

Hammasi tabiiyki, sifatli o‘yin va yorqin istiqbol mahsuli. Axir Kleman atigi 22 yoshda va eng yaxshi o‘yinlari hali oldinda bo‘lsa, ajabmas. «Sevilya» rahbarlari Lengle timsolida millionlarni ko‘rayotgandirlar...

Himoyachi: Serxio RAMOS (Ispaniya, 32 yosh). «Sevilya»da: 2002-2005

Andalusiya jamoasining xayoliy himoyasida yoshlik va tajriba uyg‘un: hozirgi avlod vakillari - Riko hamda Lengle oldida CHLning 3 karra g‘oliblari - Serxio Ramos va Dani Alvesh. Aytish joiz, «Real»ning amaldagi sardori ham  aynan «Sevilya»ning o‘zida tarbiya topgan.

Ya’ni klub tizimida uzoq 1996 yili shug‘ullana boshlagandi. Umuman, Serxio ortiqcha ta’rifga muhtoj emas - u sayyoramizdagi eng kuchli markaziy himoyachilardan biri va har qanday jamoani kuchaytirishga qodir.

Himoyachi: Alberto MORENO (Ispaniya, 25 yosh). «Sevilya»da: 2011-2014

Klubning yana bir tarbiyalanuvchisi. 2002-2014 yillar oralig‘ida «Sevilya» dargohida yashagan Albertoning «Liverpul»dagi ayni ishlari joyida emas.

U tumanli o‘lkaga hali-hamon to‘liq moslasholmayotgandek, shuning ortidan muammolar bosh ko‘tarmoqda. Aslida tabiiy imkoniyati nuqtai nazaridan aytsak, u ancha kuchli futbolchi sanaladi.

Boz ustiga, yuqori saviyali chap qanot himoyachisini topish hamisha mushkul. Shubhasiz, Moreno hozirgi «Sevilya»ga juda-juda asqotgan bo‘lardi.

Yarim himoyachi: Stiven N~ZONZI (Fransiya, 29 yosh). «Sevilya»da: 2015-...

To‘g‘ri, fransiyalik futbolchi o‘rniga «sobiq»lardan birini tanlash ham mumkin. Misol uchun, Gari Medel yoki Gjegoj Krixovyak tayanch yarim himoyachisi roliga munosib. Ammo chililik «buldog» ham, polshalik «qaroqchi» ham ayni hozirgi holatda Stivenga bas kelolmaydilar.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:47, 27.04.2018.
O'qildi: 6592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.