Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ravshan Haydarov: "Indoneziyadagi Xalqaro musobaqa yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi"

Ravshan Haydarov: "Indoneziyadagi Xalqaro musobaqa yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Indoneziyaga yetib borgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Vakillarimiz bugun musobaqadagi o‘z ishtiroklarini KXDR terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.

O‘yindan oldin Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ushbu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandman. Bu yerdagi ko‘pgina hamkasblarim bilan qishda Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida ko‘rishgandik. Yana ko‘rishish nasib etdi. O‘ylaymanki, musobaqa tashkiliy jihatdan a’lo darajada o‘tadi. Bunga ishonchim komil.

Indoneziyadagi mazkur Xalqaro turnir yozda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlaridan oldin yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat taqdim qiladi. Shuningdek, Osiyo o‘yinlariga tashrif buyurishdan avval bu musobaqa orqali biz Indoneziyadagi muhit, iqlim, sharoitlar haqida tasavvurga ega bo‘lib olishimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, bu musobaqa barcha terma jamoalar uchun muhim deb o‘ylayman”, - dedi Ravshan Haydarov.

Matbuot anjumaniga yig‘ilgan jurnalistlar Ravshan Haydarovdan nima uchun Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilarning barchasini ushbu musobaqaga olib kelmagani haqida so‘rashdi.

“Mazkur musobaqa milliy chempionatimiz - Superliga o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan paytga to‘g‘ri kelib qoldi. Osiyo chempioni bo‘lgan aksar futbolchilar o‘z klublarida asosiy futbolchi hisoblanishadi.

Qolaversa, biz ushbu musobaqada boshqa futbolchilarga ham o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkon berish niyatidamiz”, - deb aytib o‘tdi Ravshan Haydarov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:57, 27.04.2018.
O'qildi: 3685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик