Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari Farg‘ona va Namanganda bo‘ldilar

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari Farg‘ona va Namanganda bo‘ldilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Respublikada bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida O‘FAda yangidan tashkil qilingan Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari vodiyda bo‘ldilar.

Andijondan keyingi safar Farg‘ona va Namangan viloyatlariga amalga oshirildi. Safardan maqsad, har bir viloyatda o‘z birinchiligini yo‘lga qo‘yish. Bu 2002-2005 yillar oralig‘ida tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqa bo‘lib, har yakshanba kuni tur o‘yini bo‘lib o‘tadigan chempionat tizimidir.

Bahrom Xolmirzayev boshqaruvidagi Namangan viloyat futbol federasiyasi birinchilardan bo‘lib vodiyda viloyat birinchiligini yo‘lga qo‘yganganligini e’tirof etish kerak. Ayni paytda 2002-03, 2004-05, 2006-07 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida uy-safar ko‘rinishidagi viloyat chempionati davom etayapti.

Xuddi shunday tartibdagi chempionatlar Respublikaning qolgan viloyatlarida ham amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Bu borada Farg‘ona futbol federasiyasida boshqarma bilan hamkorlikda ish rejasi ishlab chiqildi. Rejaga ko‘ra Farg‘ona viloyati quyidagi zonalarga bo‘linadi.

1-hudud. Farg‘ona Quvasoy shaharlari, Farg‘ona, Quva va So‘x tumanlari.
2-hudud. Marg‘ilon shahar, Qo‘shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlari.
3-hudud. Qo‘qon shahar, Beshariq, Dang‘ara, O‘zbekiston va Furqat tumanlari.
4-hudud. Buvayda, Bog‘dod, Uchko‘prik, Rishton va Oltiariq tumanlari.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:43, 27.04.2018.
O'qildi: 1825 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.